21:35 26 Iyul 2017
Efir
Moskovskaya mejdunarodnaya vыstavka Mitt Puteshastviya i turizm

Oʻzbekistonga Turkiya turizm vaziri boshchiligidagi delegatsiya keladi

© Sputnik/ Vadim Shekun
Turizm
Havola olish
118 0 0

Vazir bilan birgalikda turk investitsiya kompaniyalari va turistik firmalarining bir qator vakillari ham tashrif buyurishadi

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. May oyi oxirida Turkiya madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji Oʻzbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Xabarga koʻra, qoʻmita raisi Anvar Sharopov Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Ahmet Bashar Shan bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Uchrashuvda Turkiya madaniyat va turizm vaziri Nabi Avjining may oyi oxirida Oʻzbekistonga tashrif buyurishi kun tartibining asosiy mavzusi boʻlgan.

Xabar qilinishicha, vazir bilan birgalikda turk investitsiya kompaniyalari va turistik firmalarining bir qator vakillari ham tashrif buyurishadi.

"Uchrashuv davomida respublikada turistik sohada oʻtkazilayotgan islohotlarning borishi, rivojlanish surʼati hamda turizm infratuzilmasini tubdan yaxshilash boʻyicha hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida Turkiya tomoniga maʼlumot berildi", deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular