Xivadagi Nurillaboy saroy majmuasi rekonstruksiya qilinadi

Obuna bo‘lish
Nurillaboy saroy majmuasida Mehmonlarni qabul qilish saroyi, amfiteatr, galereya, hunarmandlar ustaxonalari va milliy oshxona restorani O‘zbekiston TIF milliy banki tomonidan to‘liq tashkil etiladi

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Xivada Nurillaboy majmuasiga kiruvchi binolarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha takrorlanmas loyiha amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston hukumatining ushbu loyiha haqidagi qarori bir necha kun oldin qabul qilingan edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, loyihning asosiy maqsadi — bu kelgusida sayohlikni rivojlantirish, tarixiy obidalarning arxitekturasi saqlash, o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi va milliy madaniyatini keng targ‘ib qilishdir.

Zapovednik Ichan Kala . Gorod Xivi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Xiva va Xorazmga keladigan turistlar sonini 2 baravarga oshirmoqchi

Barcha ishlarni tugatish 2017-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan. Rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun Milliy bank tomonidan  mablag‘ ajratiladi. Barcha rekonstruksiya qilinadigan obyektlar "0" stavka bo‘yicha Milliy bank hisobiga ijaraga olinadi. Jumladan, O‘zbekiston TIF milliy banki tomonidan Nurillaboy saroy majmuasida mehmonlarni qabul qilish uyi, amfiteatr, galereya, hunarmandlar ustaxonalari va milliy oshxona restorani  tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Nurillaboy majmuasi 1893-1904-yillar oralig‘ida Xiva Xoni Muxammad Rahimxon II tomonidan o‘g‘li shaxzoda Isfandiyorxon sharafiga qurilgan. Otasining o‘limidan so‘ng Isfandiyor xon xorijlik mexmonlarni qabul qilish uchun qo‘shimcha qasr qurdirgan. Bu qasr Xivadagi xonlar qarorgoxlaridan o‘zining dizayni va arxitekturasi bilan tubdan farq qiladi.

Qasr qurilishida Sharqona va Yevropacha uslub aralashgan. Xonalar dizayni bir-biridan keskin farq qiladi. Rus uslubidagi kamin, katta keng oynalar va sharqona uslubda geometrik naqshlar va gullar bezalgan turfa rang shiftlar. Qasrning balanda eshik va oynalari nemis mennonitlari qabilasi duradgorlari tomonidan yasalgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0