Yozni soz o‘tkazmoqchimisiz: unda O‘zbekistonga marhamat

© OLGA NEDBAYAVA / AFPTurizm v drevnem uzbekskom gorode Samarkande
Turizm v drevnem uzbekskom gorode Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar dengiz plyajlari va Yevropa shaharlaridan zerikkan bo‘lsangiz, Janubi Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham bir sidra bo‘lib qaytgan bo‘lsangiz, u holda O‘zbekistonga marhamat qiling

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Bu yerda hamma narsa bor: mazali taomlar ham, go‘zal va qadimiy shaharlar ham, maftunkor tabiat ham — bularning baridan bahramand bo‘lish uchun ko‘p pulingiz ham ketmaydi, vizaning keragi yo‘q, til borasida ham to‘siqqa duch kelmaysiz.

O‘zbekiston Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston bilan chegaradosh. So‘nggi mamlakat bilan chegaradoshligidan cho‘chishingizga hojat yo‘q — O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri, chegaralar esa hushorlik bilan qo‘riqlanadi.

Mamlakatda 31 million aholi yashaydi, davlat tili o‘zbek tili, rus tili xalqaro so‘zlashuv tili hisoblanadi. Rasmiy valyutasi — so‘m. Valyuta kursi har hafta Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Valyuta borasida o‘ziga xos jihatlar bor. Birinchisi — naqd pulsiz to‘lov — hamma joyda ham kartochka orqali to‘lovni amalga oshirishning imkoni yo‘q. Ikkinchisi — bu yerda ikkita — rasmiy va "qora bozor" valyuta kursi mavjud.

Rasmiy kurs "qora" kursga nisbatan ikki baravar arzon. Turistlar valyutalarini aeroport, mehmonxona yoki bankda almashtirib olishgani ma’qul. Bozorda valyuta almashtirish noxushliklarga olib kelishi mumkin — qonun bo‘yicha bu taqiqlangan va jazo belgilangan.

Qishi yumshoq va unchalik sovuq emas: dekabrda mamlakat shimolida o‘rtacha harorat —8 daraja, janubda- 0 daraja. Yozda esa harorat 30 darajadan yuqori bo‘ladi.

Sayohat uchun eng yaxshi payt martdan maygacha va avgustdan noyabrgacha — havo juda yaxshi bo‘ladi.

Toshkentga yo‘l

Rossiya shaharlaridan O‘zbekistonning deyarli barcha shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bor. Borish-kelish chiptasi uchun o‘rtacha 400-550 dollar ketadi.

Moskvadan Toshkentga poyezd qatnaydi- kupeda 65 soat safar qilish taxminan 300 dollarga tushadi. Avtomobilda ham borish mumkin — Toshkentgacha masofa uch ming kilometr, yo‘l-yo‘lakay Qozog‘istonni ham tomosha qilib ketasiz.

Shaharlar orasida tezurar poyezdlar qatnaydi (yo‘lkira 10-25 dollargacha) yoki taksida borish mumkin (10-50 dollargacha).

Yotoq va yeyish-ichish xarajatlari

Restoranda to‘laqonli tushlik yoki kechki ovqat bir kishiga 10 dollarga tushadi. Kafe yoki oshxonada ovqatlanish arzon — 1,5-2 dollar. Bundan tashqari, bozorlarda ham somsa, issiq non yoki palov sotib olish mumkin.

Mahalliy alkogol ichimliklardan vinoga e’tibor qaratgan ma’qul — mamlakatda o‘tkir alkogolli ichimliklarga talab unchalik yuqori bo‘lmagani sababli ularning sifati juda zo‘rmas. Sigaret g‘amlab olishga hojat yo‘q — bu yerda sigaret Rossiyadagiga nisbatan arzon.

© Sputnik / /StringerToshkentdagi Oloy bozori
Torgovie radi na Alayskom rinke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Oloy bozori

Mahsulotlarni bozordan sotib olgan yaxshi — narxlar arzon, buning ustiga savdolashish ham mumkin. Magazinlarning yaxshi tarafi — plastik karta orqali to‘lash mumkin.

Yotoqni Booking, Tripadvisor, Hostelworld yoki Ostrovok saytlari orqali topish mumkin. Bir sutka uchun ikki kishiga yotoq narxi 100-120 dollarga boradi. Xostellar arzonroq —20 dollargacha.

Airbnb orqali alohida xona yoki kvartira ijaraga olish mumkin. Toshkent markazida bir xonali kvartira ijarasi bir sutka uchun 30-50 dollar turadi. Mahalliy e’lonlar saytlaridan foydalanish ham mumkin — masalan OLX.Uzdan.

Qayerlarni tomosha qilish mumkin

Birinchi variant- bu tarixiy turizm. Toshkent, Samarqand va Buxoroni besh kun ichida tomosha qilish mumkin. Bunday turlar bir kishi uchun 300 dollarga tushadi.
Vaqtingiz bemalol bo‘lsa, Xiva va Urganchni ham qo‘shishingiz mumkin — beshta shaharga sayohat 8 kunga cho‘ziladi va 500 dollarcha pulingiz ketadi.

Ikkinchi variant — gastronomik turizm. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch va Xivada milliy taomlarni totib ko‘rish bilan o‘tadigan bir haftalik sayohat 700 dollarga tushadi.

© Sputnik / Oksana Dzadan O‘zbek palovi
Otkritie uzbekskogo shou-ruma Moel Bosh v Rige - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek palovi

Bulardan tashqari, o‘zingiz istagandek sayohat qilishingiz ham mumkin.

Suvenir sifatida sopol haykalchalar, paxtadan tikilgan liboslar, chinni buyumlar va gilamlarga e’tibor qaratishni maslahat beramiz.

© Sputnik / StringerSopol idishlar
Keramika na vistavke Kogda svetet granat... - Sputnik O‘zbekiston
Sopol idishlar

Unutmang, O‘zbekistonda savdolashish mumkin va aytilganidan ko‘ra anchagina arzon narxga xarid qilish imkoniyati bor.

Yangiliklar lentasi
0