13:11 22 Sentyabr 2017
Efir
Ichan Qalʼa. Xiva shaharlari

Ichan qalʼada sayyohlarga audiogid xizmat koʻrsatadigan boʻldi

© Commons.wikimedia/ Patrickringgenberg
Turizm
Havola olish
19710

"Ichan qalʼa" majmuasida joylashgan "Axborot markazi"da planshetlar ijarasi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, planshetlarning hammasiga "Khiva Audio Tour" mobil ilovasi oʻrnatilgan

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Ichan qalʼada sayyohlarga audiogid xizmat koʻrsatadigan boʻldi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekistonga qadimiy shaharlarni tomosha qilish uchun kelgan sayyohlarning koʻpchiligi gid ekskursavod xizmatidan foydlanishadi. Ammo baʼzi paytlarda ayniqsa, individual ravishda tashrif buyurgan sayyohlarning hamroh tarjimonlar xizmatidan foydalanishga imkoniyati boʻlmay qoladi.

Shu bois, Xorazm viloyatiga individual ravishda keluvchi sayyohlarga qulaylik yaratish va ularni yanada koʻproq jalb qilish maqsadida, Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, "Ichan qalʼa" davlat muzey qoʻriqxonasi ilmiy xodimi M. Abdurasulov bilan hamkorlikda smartfon va planshetlar uchun "Khiva Audio Tour" mobil ilovasi yaratildi.

"Khiva Audio Tour" mobil ilovasi muallifi yosh dasturchi Abdurasulov Rasulbek boʻlib, mazkur mobil ilovani hozirda "Android" tizimidagi smartfonlar va planshetlar uchun "Play Market"" mobil ilovasidan va "IOS" tizimidagi smarfon va planshetlar uchun ""App Store"" mobil ilovalaridan yuklab olish imkoniyati mavjud. Mazkur mobil ilovada "Ichan qalʼa" majmuasidagi barcha tarixiy obʼyektlar haqida maʼlumotlar jamalangan. Maʼlumotlarni audio shaklda eshitish va undan tashqari matn shaklida ham olish mumkin.

Turistlar uchun yangi audiogid ilovasi ishga tushirildi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi axborot-xizmati
Turistlar uchun yangi audiogid ilovasi ishga tushirildi

Ilovaga obʼyektlarning suratlari ham joylashtirilgan. "Khiva Audio Tour" mobil ilovasining yana bir oʻziga hos tomoni shundaki, bu uning GPS Navigator tizimiga ulanganligidir. Mobil ilova avtomatik ravishda tarixiy obʼyektlarni aniqlaydi va malumotlarni taqdim qiladi yaʼni, "Ichan qalʼa" majmuasidagi maʼlum bir tarixiy obʼyektga yakinlashganda GPS Navigator tizimi orqali obʼyektni tanib oladi va maʼlumotlar audio shaklida yangray boshlaydi.

"Khiva Audio Tour" mobil ilovasi joriy yilning mart oyida ishga tushdi. Mobil ilova ingliz va rus tillarida yaratilgan boʻlib, hozirda mazkur mobil ilovani frantsuz tilida yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Internet orqali yuklab olishdan tashqari, hozirda mazkur mobil ilovani "Ichan qalʼa" majmuasida joylashgan "Axborot markazi"dan ham olish imkoniyati mavjud. Axborot markazida sayyohlarning smartfon va planshetlariga mazkur mobil ilova hech qanday toʻlovlarsiz yuklab berilmoqda.

Undan tashqari, mazkur "Axborot markazi"da planshetlar ijarasi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, planshetlarning hammasiga "Khiva Audio Tour" mobil ilovasi oʻrnatilgan. Mobil ilova ishga tushgan kundan boshlab ilova koʻplab sayyohlar tomonidan internet orqali yuklab olingan hamda mazkur mobil ilova haqida qoʻplab ijobiy fikrlar bildirilgan.

Asosiy mavzular