10:00 20 Oktyabr 2017
Efir
V Samarkande nachala rabotu slujba veloprokata

Samarqandda velosipedlarni ijaraga berish xizmati ish boshladi

© Goskomturizm RUz
Turizm
Havola olish
1367 0 0

Bu yangi xizmat turi orqali fuqarolar va xorijlik mehmonlar velosipedlarda Samarqand shahrining boy madaniy meros obʼyektlari, manzarasi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Samarqanddagi “ Samarkand Renaissance” sayyohlik firmasi velosiped ijara xizmatini tashkil etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Firma tashkil etgan "SamCityBike" veloklubi Samarqandda turizm sohasini yanada rivojlantirish, turistik mahsulotlar xilma-xilligini oshirish, shahar aholisi hamda mahalliy va chet el sayyohlari oʻrtasida shahar boʻylab faol tarzda sayohatlarni tashkil etishga xizmat qiladi.

Bu yangi xizmat turi orqali fuqarolar va xorijlik mehmonlar velosipedlarda Samarqand shahrining boy madaniy meros obʼyektlari, manzarasi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. Velosipedlarni shaharning Registon koʻchasi (Registon ansambli roʻparasida) hamda Mustaqillik koʻchasida (“Samarqand” kinoteatri yonida) ijaraga olish mumkin.

Shuningdek, tashkilotchilar jamoaviy tarzda velosport turi boʻyicha marafon, musobaqalar, shahar va tabiat qoʻyniga sayohatlar hamda boshqa turli xil tadbirlar tashkil etish boʻyicha oʻz xizmatlarini koʻrsatadi.

Asosiy mavzular