O‘zbekistonda dam olish hududlari va plyajlar tashkil etiladi

© Sputnik / Mixail Fomichev / Mediabankka o‘tishPlyaj Side. Tursiya
Plyaj Side. Tursiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dasturga muvofiq, dam olish hududlari tashkil etish, to‘rt yulduzli mehmonxonalar, plyajlar tashkil etish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 17-avgust — Sputnik. "2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Qaror bilan O‘zbekistonga sayohatlarni arzonlashtirish, respublikaning barcha hududlarida turizmni va soha bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va yangi turizm obyektlari tashkil etish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan 2018-2019 yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Samarqandda "Samarkand city" turizm zonasi barpo etiladi

Dasturga muvofiq, Andijon viloyati Xonobod shahrida dam olish hududlari, Jizzax viloyati Forish va Arnasoy tumanlarida Aydar-Arnasoy ko‘llari sohilida beshta yangi zamonaviy dam olish hududlari tashkil etish, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz va Qarshi shaharlarida to‘rt yulduzli mehmonxonalar, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimon tog‘ massivida mehmonxona majmuasi barpo etish, shuningdek, Navoiy viloyatida To‘dako‘lning janubiy sohilida ichki turizm va Aydarko‘l sohillarida xorijlik turistlar uchun plyajlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Qarorda O‘zbekistondagi muqaddas qadamjolarga ziyorat turizmi yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlarni jalb qilish, jumladan, charter reyslarni tashkil etish masalalarini hal qilish, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi turizm hududlari tajribasi asosida Urganch, Toshkent shaharlari va Farg‘ona viloyatida turizm hududlari, shuningdek, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tog‘ klasterlarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda tashkil etilayotgan turizm hududlari va tog‘ (tog‘oldi) turizm klasterlariga chet el sarmoyadorlarini jalb qilish, shuningdek, yangi mehmonxonalar qurish uchun yetakchi mehmonxona brendlarini taklif qilish yoki respublikadagi mehmonxona xo‘jaliklarini ular boshqaruviga topshirish kabi topshiriqlar belgilangan.

Shu munosabat bilan xorijlik turistlar uchun viza tartibotini soddalashtirish va ziyorat turizmini tashkil etish bo‘yicha takliflarni muntazam kiritib borish ko‘zda tutilmoqda. Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida xorijlik fuqarolar uchun viza va ro‘yxatga olish tartibini bosqichma-bosqich soddalashtirish bo‘yicha takliflarni ushbu davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining konyunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy vaziyatdan kelib chiqqan holda tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi doimiy faoliyat yuritadigan ishchi guruh tuzilmoqda.

Turisti v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga yarim yil ichida 1,1 milliondan ortiq turist tashrif buyurdi

Qarorning muhim jihatlaridan biri, uning turizm sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilganidir. Shu maqsadda tadbirkorlik subyektlariga yangi mehmonxonalar va turizm infratuzilmasining boshqa inshootlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun uzoq muddatli (15 yilgacha) kreditlar ajratish amaliyoti joriy qilinmoqda, bunda kredit va foizlarni qoplash uchun mehmonxonalarning moliyaviy tushumi va mavsumiy sharoitidan kelib chiqadigan talablar taqdim qilinmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga chet el valyutasidagi mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar, terminallar ijarasi, erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi naqd pullarni inkassatsiya qilish va chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar uchun yig‘imlarning (komissiya to‘lovlarining) maqbul miqdorlari belgilanmoqda.

Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvarga qadar mehmonxonalar boshqaruv xodimi sifatida jalb qilingan malakali xorijlik mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan, shuningdek, mehmonxonalarga boshqaruv xodimi sifatida jalb qilinadigan malakali xorijlik mutaxassislarning daromadlari jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0