Moskvadan Buxoroga sayohat: Qoraqalpog‘iston va burgut bilan poyga

© SputnikPastux peregonyayet stado cherez dorogu
Pastux peregonyayet stado cherez dorogu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston cho‘li ajoyib taassurot qoldiradi: kimsasiz kengliklar yam-yashil bog‘lar bilan almashadi, trassa uzra burgutlar charx uradi va odamlari juda mehmondo‘st

Anton Kurilkin

O‘zga sayyoraga tashrif

Neytral hududdan O‘zbekiston chegara punktiga o‘tar ekansan, o‘zingni xuddi o‘zga sayyoraga tushib qolgandek his etasan. Bojxona hududi ozoda, mo‘’jazgina maysazor yotqizilgan va daraxtlar ekilgan — sahroning mutlaqo aksi. Beton plitalardan bunyod etilgan tekis yo‘lga har soatda avtotsisterna suv sepadi.

Avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l bo‘yidagi karvonsaroy, tirband bojxona yoxud Moskvadan Buxoroga sayohat

Bu yerda turistlarga juda yaxshi munosabatda bo‘lishadi: menga ko‘rinishidan oddiy, lekin aslida qiyinchilik tug‘diradigan deklaratsiyani to‘ldirishda yordam berishdi — yoningdagi barcha valyutalarni, zargarlik buyumlarini (hattoki kumush xochni ham) va gadjetlar — telefon, noutbuk, fotoapparat, pleyer — barcha-barchasini ko‘rsatish shart. Shaxsiy buyumlarimni qo‘lda tekshirishmadi — shunchaki rentgen skaneridan o‘tkazishdi. Oddiy turist ekanligimni bilishgach, ortiqcha savol berishmadi.

O‘n daqiqadan so‘ng shtamp urilgan xorijga chiqish pasportimni ushlagancha do‘stlarimni kutardim. Ularning ham bojxonadan o‘tishi ko‘pga cho‘zilmadi, faqat ularning yuklarini sinchiklab tekshirishgani bois ozgina ushlanib qolishdi.

Chegarachilarning odamlarga bo‘lgan e’tibori va yaxshi munosabati ham hayratga soldi — yelkasiga avtomat osgan oddiy askarlar ham, ofitserlar ham yonimga bir necha marta kelishib nega bu yerda turganimni so‘rab, biror yordam kerak bo‘lsa aytishim mumkinligini taklif qilishdi. Hammasi joyida ekanligini bilishgach, o‘z ishlari bilan band bo‘lishdi.

Barchamiz jam bo‘lgach, jaziramada ikki kunlik kutishlar, tuzuk-quruq ovqatlanmaslik va yuvinmaslik sababli holdan toyganimizni, ovqatlanib, dam olishimiz zarurligini tushundik.

Darvoza ortida bir nechta surprizlar kutib turardi. Birinchidan, O‘zbekiston tomonda uzun navbat yo‘q edi (darvoza oldida o‘ntacha mashina turardi). Ikkinchidan, bundan yarim kilometr naridagi kabi axlat uyumi yo‘q edi.

Kazaxstanskaya step: verblyudi, kozi i beskraynie prostori - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadan Buxoroga sayohat: Qozog‘iston cho‘lidagi mashaqqatli yo‘l

Ulug‘bekning aytishicha, o‘zbek chegarachilari hududdagi tartibni nazorat qilishadi. Mayda chiqindilar — bo‘sh shisha, sigaret qutilari va qog‘ozlarni yig‘ishtirish uchun mehmonxona va kafe egalari javob berishadi.

Yarim tunga yaqin barcha chegara va bojxonalardan o‘tib restoran, kafe va mehmonxonadan iborat majmuaga yo‘l olamiz. Aytish kerakki, bu yerda turistlar ko‘p emas, asosan o‘z mashinalarida yo‘lga chiqqanlar. Agarda bu yerga tunda kelib qolsangiz ovqat va yotoq topish muammo bo‘lmaydi. Narxlari ham qoniqarli.

Qozog‘iston tomondagi kamtarona tamaddixonalardan so‘ng katta stol, qulay stullar va konditsioner bilan jihozlangan bu restoran biz uchun poytaxtdagi eng yaxshi restoranlardan ham zo‘rroqdek tuyuldi, uyg‘ur lag‘mon va eson-omon o‘tib olganimiz uchun ichilgan "Karatau" arog‘i esa dunyodagi eng zo‘r ziyofat bo‘ldi.

Karvon ketib borar…

Ertalab, yaxshigina uxlab olganimizdan va "bayramona" ziyofatdan so‘ng Nukusga yo‘l olishdan oldin choyxonalardan birida ovqatlanish va yonilg‘i quyish uchun to‘xtadik. Uning egasi — Ulug‘bekning eski tanishi bizni uzoq kutilgan mehmonlardek qarshi oldi.

© SputnikChoyxona egasi
Vladeles chayxani - Sputnik O‘zbekiston
Choyxona egasi

Qozog‘istondagi choyxonaning butkul aksi. O‘zbekcha ruh darhol seziladi. Naqshinkor piyolalar va yoqimli hid taratayotgan issiq nonlar, palov, sho‘rva — hammasi joyida. Bu o‘tkinchi yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan plastik to‘siqlardan iborat tamaddixona emas, balki mahalliy aholi ham jon deb tashrif buyuradigan to‘laqonli muassasa edi.

© SputnikPiyola va nonlar
Piala i lepeshka - Sputnik O‘zbekiston
Piyola va nonlar

Bahodirning aytishicha, keyingi mana shunday joy uch yuz kilometrdan keyin uchrarkan. Unga, bir necha yildan buyon shu yo‘nalishda qatnaydigan kishiga ishonish mumkin.

Uning hayot yo‘li qiziq: bundan deyarli o‘n ikki yil oldin Rossiyaga ishlagani kelgan. Quruvchilik, santexniklik qilgan. Muntazam ravishda aloqalari kengayib borgan, doimiy mijozlari paydo bo‘lgan va mashinaga ehtiyoj tug‘ilgan — kerakli materiallarni tashish, mijozlar orasida qatnash uchun o‘z mashinasi bo‘lgani yaxshi.

Mana shu mashinada uyiga borib-kela boshlagan, hamurtlari undan Rossiyada sotib olgan buyumlarini uylariga eltib berishini iltimos qila boshlashgan. Bahodir bir yilda bir necha marta yurtiga borib-keladi.

Xususiy yuklar bozorining hajmi katta: ko‘plab mehnat migrantlari maishiy texnika yoki ro‘zg‘orga zarur buyumlarni sotib olishga urinishadi, lekin ularni uylariga qanday jo‘natish borasida savol tug‘iladi.

Samolyot varianti noqulay: har bir kilo ortiqcha yoki katta o‘lchamli yuk uchun yaxshigina pul to‘lash kerak. Poyezd varianti yomonmas, lekin har doim ham emas. Faqat mashinasi bor tanishlar qoladi.

Yo‘lovchilar ham chiqib qoladi — mashinada ketish uzoq vaqtni olsa ham, samolyot yoki poyezdga nisbatan arzon tushadi. Ayniqsa zudlik bilan ketish kerak bo‘lgan paytda narxdagi farq yaxshigina seziladi.

Ipak yo‘li bo‘ylab qatnagan karvonlar o‘rnini mana shunday texnika buyumlari yoki migrantlar bilan qatnaydigan avtokarvonlar egallagan.

Burgut bilan poyga

Ozgina dam olib va mashinani gaz bilan to‘ldirgach, trassaga chiqamiz. Tez orada atrofda hech narsa yo‘qligini sezaman — uzoq-uzoqlarda simog‘ochlar ko‘zga tashlanadi.

Manzara ikki soatcha o‘zgarmaydi, keyin birdan daraxtlar va ular orasidagi uylar ko‘zga tashlanadi. Rostini aytsam, meni quyosh urib ko‘zimga sarob ko‘rinyapti deb o‘yladim.

Lekin unday emas ekan — daraxtlar ortida Qoraqalpoq sahrosi bag‘riga yashiringan mo‘’jaz qishloq bor ekan. U asosiy yo‘ldan ancha narida joylashgan bo‘lib, u yerga ensiz asfalt yo‘ldan borilar ekan.

Yo‘limizda davom etamiz va mashinamiz yonidan biz uzoqdan qarg‘a deb o‘ylagan burgut havoga ko‘tariladi. U qanotlarini viqor bilan yozgancha yerdan bir metr balandlikda biz bilan poyga o‘ynayotgandek parvoz qilib boradi.

© SputnikSahrodagi burgut
Ptitsa v stepi - Sputnik O‘zbekiston
Sahrodagi burgut

 

U anchagina jasur chiqib qoldi — biz yo‘l bo‘yi uchratgan boshqa burgutlar mashinadan uzoqroqda uchishni ma’qul ko‘rgandi.

Qushlarning yo‘l yoqasida uchrashini ularning dangasaligi bilan izohlash mumkin, mashinalar g‘ildiraklari ostida tez-tez mayda jonivorlar qolib ketadi va burgutlarning o‘ljasiga aylanadi.

O‘zbekistonning eng chekka qismidagi quruq iqlim va aholining siyrakligi bu yerdagi jonivorlarga o‘zlarini erkin his qilish imkonini beradi. Ular odamlardan qo‘rqishmaydi, balki xavfsirashadi. Oldimizni kesib o‘tgan tulki bir oz vaqt mashinamizni kuzatib turdi va biror qiziqroq narsa uloqtirmaganimizdan so‘ng yo‘lida davom etdi.

© SputnikQoraqalpog‘iston sahrosidagi tulki
Lisa v stepi Karakalpakstana - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston sahrosidagi tulki

Umuman olganda, turistlar Qoraqalpog‘istonga birgina mana shu yo‘lini ko‘rish uchun kelishsa arziydi, chunki manzara judayam ajoyib. Buxoroga yo‘limiz yaqinlashgani sari yo‘l bo‘yida inson qo‘li bilan ekilgan daraxtlar ko‘payib bordi. Orol dengizi fojiasidan so‘ng mintaqa aholisi sahroni hayotga qaytarish uchun tinimchiz harakat qilmoqda.

Yo‘l chetlarida ba’zi-ba’zida uchrab qoladigan pokrishkalardan boshqa chiqindi ko‘rinmaydi. Qudratning aytishicha, bu yerlar axlat tashlanmaganligi uchun emas, balki tozalab turishgani uchun ozoda ekan — bir necha kunda bir trassa bo‘ylab axlat tashiydigan mashinalar harakatlanadi va chiqindilarni yig‘ishtirib ketadi.

Yo‘l bo‘yi bir marta to‘xtadik — tanish qora "Kaptiva"ni uchratib qoldik. Uning g‘ildiragi yorilib ketgan ekan.

Haydovchilar g‘ildirak almashtirishguncha shunday jazirama va sahroga qaramasdan uyiga qaytayotganidan xursand Ulug‘bek bilan gurunglashdik.

Biz tanlaydigan yo‘llar

Ulug‘bekning tan olishicha, bu uning avtomobildagi oxirgi safari ekan. Mabodo yana Moskvaga boradigan bo‘lsa faqat samolyotda borarkan — bunday yo‘l yurishlar uchun yoshi o‘tibdi.

Kazaxstansko-uzbekskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadan Buxoroga sayohat: chegarada yoxud chegarasiz sabr

U Rossiyada deyarli 15-yildan beri ishlab keladi, bu vaqt ichida bo‘yoqchi va santexniklikdan boshlab tom yopuvchilikkacha bo‘lgan ishlarni bajargan. Unga oxirgi ishi hammasidan ham ko‘proq yoqibdi.

"Qishda sovuq, kun bo‘yi qor tozalaysan. Yozda esa rohat. Tomga chiqib, pivo simirigancha ishingni qilasan, oftobda toblanasan. Asosiysi — ishni puxta bajarish. Hozir ishim qiyinlashgan — yoshim o‘tib qoldi, o‘zim bilan materiallarni olib chiqishga qiynalyapman. hattoki lift bo‘lsa ham baribir charchab qolyapman", — deydi u uf tortgancha.

Mashina sozlangach, mini-karvon bo‘lib yana yo‘lga tushamiz.

Kutilmaganda sahro tugaydi va biz anchagina qarovli hududga kirib kelamiz. Hamma joy yam-yashil: daraxtlar, o‘tlar va albatta bepoyon dalalar. Oqshomda navbatdagi AYoQShga kiramiz.

Qoraqalpog‘iston bo‘ylab butun sayohatim davomida yo‘l yoqasida birorta ham AYoQSh ko‘rmadim — ularning barchasi yo‘ldan ellik metr narida daraxtlar orasiga yashiringan va ularni ko‘rish uchun e’tibor talab qilinadi.

© SputnikQishloq yo‘li
Selskaya doroga v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Qishloq yo‘li

Mashina uchun gaz to‘ldirish ehtiyoji Qoraqalpog‘istonning "yashil" qismiga yetib kelganimizda paydo bo‘ldi (darvoqe, sahroda atigi ikki dona yonilg‘i quyish shaxobchasiga ko‘zim tushdi). Bahodir mashinasini to‘dirguncha biz atrofni aylandik. Bir oz vaqtga Rossiya qishlog‘iga borib qolgandek bo‘ldim: xuddi o‘sha kechki salqin, yashil tabiat va sigirlarning mo‘rashi.

Tunda Nukusga yetdik va hamrohlarim ta’biri bilan aytganda Buxoroga olib boradigan "prezident" trassasiga chiqdik. Qadimiy shaharga ertalab yetib boramiz.

Shaharni ilk bor ko‘rganimdayoq minglab kilometr yo‘lni bekorga bosib kelmaganimni tushundim.

Yangiliklar lentasi
0