03:44 21 Yanvar 2018
Efir
Turistы v Uzbekistane

Oʻzbekistonning turizm boʻyicha mutaxassislari xorijda tayyorlanadi

© Foto: Olga Talskaya
Turizm
Havola olish
167 0 0

Davlat turizm qoʻmitasi raisi JTT bosh kotibi bilan Oʻzbekistonni xalqaro turizm bozorida yanada tanitish boʻyicha istiqbolli rejalarni muhokama qildi

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Jahon turizm tashkiloti (JTT) mehmonxona biznesi, turizm yoʻnalishida xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasida Oʻzbekiston bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda JTT bosh kotibi Taleb Rifai va Oʻzbekiston Davlat turizm qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimovning Samarqanddagi uchrashuvida kelishib olindi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Davlat turizm qoʻmitasi raisi JTT bosh kotibi bilan Oʻzbekistonni xalqaro turizm bozorida yanada tanitish boʻyicha istiqbolli rejalarni muhokama qildi, mamlakatning turistik brendini ishlab chiqish va Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya turistik bozorlariga chiqish borasidagi marketing rejalarini muhokama qildi.

Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Taleb Rifai Samarqandda "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali oʻtkazilishi munosabati bilan Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Asosiy mavzular