04:46 24 Sentyabr 2017
Efir
Turistы v Uzbekistane

Polshalik turistlar uchun viza olish tartibi osonlashadi

© Foto: Olga Talskaya
Turizm
Havola olish
6610

2018 yildan boshlab polshalik turistlar Oʻzbekiston vizasini murojaatidan 2 kun oʻtib oladigan boʻlishdi.

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Oʻzbekiston mamlakatga 30 kundan kam muddatga keladigan polshalik turistlar uchun viza olish tartibini osonlashtirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yangi tartib haqidagi qaror Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Undan maqsad Oʻzbekistonga kelayotgan polshalik sayyohlar sonini oshirishdir.

Hujjatda aytilishiga koʻra, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi, kelasi yildan boshlab polshalik mehmonlar uchun kirish vizalarini, hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 kun ichida rasmiylashtirishi kerak. Oʻzbekiston tomonidan taklifnoma yoki turistik vaucher talab qilinmaydi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yana bir necha mamlakatuchun ham viza olish tartibi osonlashtirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Ushbu maqsad uchun alohida ishchi guruh tashkil qilingan.

Undan tashqari Oʻzbekistonda sayyohlikning alohida turi — ziyorat uchun kelayotgan turistlar uchun ham maxsus viza tartibi ishlab chiqilmoqda.

Asosiy mavzular