13:57 16 Dekabr 2017
Efir
«Nochnыe volki» priyedut v Uzbekistan

Oʻzbekistonga "Tungi boʻrilar" baykerlari kelishadi

© RTSNK v Bishkeke
Turizm
Havola olish
191134

1 oktyabrdan 4 noyabrga qadar "Tungi boʻrilar" motoklubi va Rossiya mototurizm federatsiyasi "Sirli Osiyo" motoekspeditsiyasini oʻtkazadi

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Rossiyaning "Tungi boʻrilar" ("Nochnыe volki") motoklubi aʼzolari Oʻzbekistonning Samarqand va Buxoro shaharlarida boʻlishadi. Bu haqda motoklub matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, 1 oktyabrdan 4 noyabrga qadar "Tungi boʻrilar" motoklubi va Rossiya mototurizm federatsiyasi "Sirli Osiyo" motoekspeditsiyasini oʻtkazadi. Ekspeditsiya doirasida baykerlar Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmanistonga safar uyushtirishadi.

Safar davomida motoekspeditsiyachilar Moskvadan yoʻlga chiqib 10ta shaharda, xususan, Samarqand va Buxoro shaharlarida boʻlishadi. Ekspeditsiya jami 11 ming kilometr masofani bosib oʻtadi.

 Nochnыe volki priyedut v Uzbekistan
"Tungi boʻrilar" 10ta shaharda boʻlishadi

Ekspeditsiya 4 noyabr – Xalq birdamligi kuni Moskvaga qaytib keladi.

Ekspeditsiyaning maqsadi Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, mototurizm va sogʻlom hayot tarzini targʻib qilishdan iborat.

"Tungi boʻrilar" bugun Qirgʻizistonga yetib kelishdi.

Asosiy mavzular