23:41 18 Dekabr 2017
Efir
Turoperatorы Tadjikistana i Uzbekistana zaklyuchili memorandum o sotrudnichestve v ramkax biznes-foruma

Oʻzbekiston va Tojikistonning turizm kompaniyalari oʻrtasida memorandum imzolandi

© Goskomturizm RU
Turizm
Havola olish
98 0 0

Tomonlar milliy turizm brendlarini shakllantirish va ularni Buyuk ipak yoʻli yoʻnalishi boʻyicha xalqaro turizm bozorlarida birgalikda targʻib qilish koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Biznes-forum anjuman doirasida Oʻzbekiston va Tojikistonning turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Turizm davlat qoʻmitasi qoshidagi "Milliy turizm mahsulotlarni targʻibot qilish markazi" va Tojikistonning "Oriyent-Adventur", "Skay-Tur" va "Roxat-Tur" kompaniyalari turizm sohasida hamkorlik qiladilar. Tomonlar milliy turizm xizmatlarini targʻibot qilish, turizm salohiyati haqidagi maʼlumotlar bilan almashish istagini bayon etishdi.

Shuningdek, tomonlar milliy turizm brendlarini shakllantirish va ularni Buyuk ipak yoʻli yoʻnalishi boʻyicha xalqaro turizm bozorlarida birgalikda targʻibot qilish koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular