Turklar Samarqandda 20 million dollarlik mehmonxonani barpo etadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPloshad Registan
Ploshad Registan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik bitimi imzolandi

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Samarqandda 130 o‘rinli mehmonxona majmuasi barpo etiladi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ushbu obyekt qurilishiga Turkiyaning "APEAS Engineering & Construction" kompaniyasi tomonidan 20 million dollar ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-26 oktabr kunlari Turkiyaga davlat tashrifini amalga oshirdi. Muzokaralar natijasida ikki mamlakat orasida 26 ta muhim shartnomalar imzolandi. Savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk tashish, sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir qator hujjatlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, Turkiyaning "Ziraat" bankidan namunali uylar qurish uchun 200 million dollar kredit mablag‘lari jalb qilinadi.

Shuningdek, 30-oktabr kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasining "Samarqand — Istanbul — Samarqand" yo‘nalishi bo‘yicha muntazam havo qatnovi ilk bor amalga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0