12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Samarkand

Oʻzbekistonga borish uchun eng qiziq 10ta sabab – inglizlar fikri

Sputnik / Mixail Genis
Turizm
Havola olish
380991

Britaniyaning mashhur Evening Standart gazetasi inglizlarni Oʻzbekistonga borishga undaydigan eng qiziq 10ta sababni sanab oʻtdi.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. Oʻzbekiston – xuddi siz oʻylagandek – koʻzni qamashtiruvchi masjidlar, jim-jimador minoralar va guyoki vaqt ichida “muzlab” qolgan sovet davri binolaridan iborat, deb boshlanadi Britaniyaning eng qadimgi va mashhur nashrlaridan biri Evening Standart maqolasi.

Buyuk Ipak yoʻlining mashhur Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari tarixi boy, ular koʻplab urush, vayronalik va qayta tiklanishlarni boshidan kechirgan. Shaharlarning yarimi tarix bilan yashasa boshqalari — tez rivojlanmoqda. Oʻrta Osiyoda birinchi yer osti metrosi qurilgan Toshkent Sovet oʻtmishi bilan jadal xayrlashib kelajakka koʻz tikmoqda…

Agarda sizni haliyam qiziqtira olmagan boʻlsak, keling Oʻzbekistonga tashrif buyurish uchun 10ta eng qiziq sababni sanab oʻtaylik:

1. Turli madaniyatlar bir qozon ichida qaynagan, Buyuk Ipak yoʻli mamlakati. Miloddan oldingi 138 yilda Xitoy tashqi dunyo bilan savdo qilish uchun oʻz chegaralarini ochadi. Karvonlar Buxoro Samarqand va Xiva orqali Fors koʻrfazi va Yevropa mamlakatlariga yoʻl oladi. Oʻzbekiston orqali oʻtak ekan ular bu yerga yangi madaniyat, din va hunarlar olib kelgan. Bu yerda ushbu buyuk madaniy almashuvinining izlarini haligacha koʻrish mumkin.  Masalan, forsiy uslubda qurilgan gumbazlar yoki xitoycha ipak matolar toʻqish uslublari.

2. YUNESKOning dunyo madaniy meʼrosi roʻyxatiga kiritilgan shaharni tomosha qilish. Ana shunday hayratomuz shaharlardan biri Samarqand va u yerdagi Registon maydoni. Shuningdek, Goʻr Amir va Shoxi Zinda maqbaralari hamda Ulugʻbek rasadxonasi ham tomshaga loyiq.

3. Buxoro sizni oʻtmishga qaytaradi. 13 asrda buxoro Markaziy Osiyoning muhim savdo, din va ilm markazi boʻlgan. Bugungi kunda ham oʻsha zamonning ajoyib bozorlari, shahar koʻchalari masjid va minoralari saqlanib qolgan. Bu yerda siz haqiqiy oʻtmish bilan zavqlanishingiz mumkin.

4. Toshkentda Sovet meʼmorchiligini “tatib” koʻring. Poytaxt shahar bir tomondan keng yoʻllar, milliy qahramon Amir Temur haykali Sovet Ittifoqi uslubida qurilgan davlat, maktab va mehmonxona binolardan iborat boʻlsa, ikkinchi tomondan Chorsu bozori va uning atrofidagi “eski shahar”. Toshkent metrosining har bir bekati – oʻziga xos takrorlanmas uslubda bezatilgan.

5. Oʻzbekistonda bir joydan ikkinchi joyga borish juda oson. Markaziy Osiyoning  birinchi tezyurar poyezdi sizni 3 soatdan kam vaqt ichida Buyuk Ipak yoʻlining kerakli shahriga olib boradi. Narxi ham qimmat emas.

6. Hunarmanchilik mahsulotlariga toʻlib-toshgan. Oʻzbekiston xaridorlar uchun haqiqiy jannat boʻlishi mumkin. Bu yerda kartinalar, sopol idishlar, gilamlar, quritilgan mevalar – umuman siz sotib olishni istagan narsalar juda koʻp. Ipak gazlamalarning istalgan rangidan topish mumkin. Asosiysi, ushbu mahsulotlarning barchasi – qoʻlda ishlangan va oʻzining takrorlanmas bezagiga ega.

7. Hammadan birinchi boʻling. Hozircha bu yerda chet ellik sayyohlar koʻp emas. Bu sizga barcha qiziq joylarni erkin tomosha qilish imkonini beradi. Oʻzbeklar juda xushmuomala xalq. Ularning aksariyati ingliz tilini bilmasa-da, sizning Oʻzbekiston haqidagi fikringiz bilan qiziqadi. Suhbatga tayyor boʻling.

8. Oʻzbekistonda faqat masjid va maqbaralar mamlakati emas. Bu yerning tabiati togʻ, choʻl va oʻrmonlarga boy. Tunni koʻchmanchilar oʻtovida oʻtkazish mumkin, togʻlarga saylga chiqish mumkin.

9. Instagramingizdan hammaning “ogʻzi ochilib” qoladi….  Oʻzbekistonning katta qismi ideal fotosurat desa boʻladi: Registon maydoni, rangba-rang oʻzbek milliy kiyimlari, chiroyli koʻk gumbazli masjidlar. Siz u yerga borsangiz, instagrammingizda, albatta, bir necha ogʻiz ochilib qoladigan suratlar paydo boʻladi.

10.Goʻshtli taomlar bayrami…Oʻzbekistonda mol va qoʻylar koʻp yetishtiriladi, shuning uchun barcha milliy taomlarda goʻsht bor. Albatta palov, shashlik, somsani tatib koʻring. Mahalliy bozorlarda ushbu taomlarni yaxshi pishirishadi.

Asosiy mavzular