12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Telefon

Oʻzbekistonda turizm masalalari boʻyicha "qaynoq liniya" ishga tushdi

© Flickr/ Esparta Palma
Turizm
Havola olish
205 0 0

Maʼlumot markazi 24 soat davomida ishlaydi

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda tadbirkorlar va fuqarolar uchun turizmga taalluqli masalalar boʻyicha 24 soat davomida ishlaydigan maʼlumot markazi ishga tushdi. Bu haqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Ushbu sohaga aloqadar masalalar boʻyicha +998 71 200-00-88 raqamiga bogʻlanish mumkin.

Oʻzbekiston prezidentining "Konsullik tariflariga oʻzgarish kiritish toʻgʻrisidagi" yangi qaroriga binoan, chet ellik turistlar uchun yangi viza turi joriy etildi.

Yangi vizaning amal qilish muddati 30 kun boʻladi. Oldin sayyohlar uchun 7 yoki 15 kunlik vizalar berilar edi. Viza rasmiylashtirish xarajatlari 60 dollardan 40 dollargacha tushirildi.

Asosiy mavzular