12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Tashkentskoye more ili prityagatelnыy Charvak

Oʻzbekistonda ilk bor "Chorvoq" erkin turistik zonasi tashkil etiladi

© Sputnik/ Stringer
Turizm
Havola olish
22840

Prezident farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga Chorvoq turistik hududida amalga oshiriladigan investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 million dollarlik imtiyozli kredit liniyasini ochish vazifasi topshirildi

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi "Chorvoq" erkin turistik zonasini barpo etish toʻgʻrisida farmonni imzoladi. Zonani yaratish uchun 100 million dollar ajratiladi. Farmonning matni mahalliy ommaviy axborot vositalari tomonidan seshanba kuni eʼlon qilindi.

"Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyat hokimligi, «Milliy energiya saqlovchi kompaniya» AJ, Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Toshkent viloyati Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsion zonasi hududida "Chorvoq" erkin turistik zonasi tashkil etish va ushbu erkin turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar majmualar va turizm uchun moʻljallangan boshqa obʼyektlar barpo etish, shuningdek, zamonaviy injenerlik infratuzilmasi obʼyektlari yaratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin", — deyilgan prezident farmonida.

Respublikada yaratiladigan birinchi turistik zonasi erkin iqtisodiy zona maqomiga ega boʻlib, barcha imtiyozlar bilan taʼminlanadi. Zona faoliyati muddati 30 yilga moʻljallangan boʻlib, keyinchalik ushbu muddat uzaytirilishi mumkin.

Prezident farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga Chorvoq turistik hududida amalga oshiriladigan investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 million dollarlik imtiyozli kredit liniyasini ochish vazifasi topshirildi.

Chorvoq zonasining asosiy vazifalari zamonaviy sayyohlik infratuzilmasi obʼyektlarini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, mavsumiy dam olish hududlarini qamrab olish hisoblanadi.

Chimyon — Chorvoq kurort va dam olish zonasi Oʻzbekistondagi togʻ sayyohlik biznesini rivojlantirish boʻyicha eng yirik davlat loyihasi hisoblanadi. Ushbu loyiha 1994 yildan amalga oshirilishi boshlangan. Uning hududida 3 ta yirik sogʻlomlashtirish markazi, bir qator xususiy mehmonxonalar va sanatoriyalar mavjud. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mutaxassislarining hisob-kitoblariga qaraganda, gʻarb tomondan rossiyalik sayyohlarining kelishi koʻpayishi hisobiga Chimyon salohiyatini yanada oshirish imkonini beradi.

Oʻzbekistonda umumiy hisobda 14 ta erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilgan, ulardan 11 tasi shu yilning oʻzida tashkil etilgan. Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qator imtiyozlar beriladi, jumladan, ular soliq va bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi. Ushbu imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmidan kelib chiqqan holda 3 yildan 10 yilgacha beriladi.

Asosiy mavzular