03:51 21 Yanvar 2018
Efir
QR kod dlya turistov

QR-kod Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylari toʻgʻrisida 12 tilda maʼlumot beradi

© Press slujba Goskomturizma RUz
Turizm
Havola olish
26110

Shu bilan birga foydalanuvchilarga nafaqat sayyohlik obʼyektlari haqida, balki eng yaqin mehmonxonalar, restoranlar, sanʼat galereyalari va boshqa arxitektura hamda tarixiy yodgorliklar haqida ham maʼlumot beriladi

TOSHKENT, 8 dek – Sputnik. 6 dekabr kuni Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi hamda "Tehno Dargoh" MCHJ oʻrtasida uch tomonlama kelishuv memorandumi imzolandi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu memorandumga koʻra Oʻzbekistonning SMART turizm mamlakati sifatida xalqaro turizm bozoridagi imijini oshirish va sayyohlarga qulaylik yaratish uchun IT-texnologiyalaridan faol foydalanish maqsadida tomonlar "VERUM QR" qoʻshma loyihasini amalga oshirishning amaliy bosqichini boshladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.Abduhakimovning taʼkidlashicha, hozirgi kunda jahonda SMART turizm kontseptsiyasi rivojlanib bormoqda, Oʻzbekistonda esa bu texnologiya ilk bora QR-kodlar yordamida sayyohlarga taqdim etilmoqda. Ushbu loyiha doirasida sayyoh QR kod tasviriga ishora qilgan holda bir necha soniyadan soʻng oʻz smartfoniga 12 ta tilda oson va qulay koʻrinishda Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylari haqidagi barcha maʼlumotni qabul qilib oladi.

Shu bilan birga foydalanuvchilarga nafaqat sayyohlik obʼyektlari haqida, balki eng yaqin mehmonxonalar, restoranlar, sanʼat galereyalari va boshqa arxitektura hamda tarixiy yodgorliklar haqida ham maʼlumot beriladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va "Tehno Dargoh" masʼuliyati cheklangan jamiyati hamkorligida amalga oshirilgan dastlabki ish natijalari Xiva shahrida sinov tarzida ishga tushirilgan edi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi "Oʻzbekiston Havo yoʻllari" MAK va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AK bilan samolyot yoki poyezd joʻnashidan 24 soat oldin internet orqali elektron chiptalar hamda elektron roʻyxatdan oʻtish platformasini joriy etish borasida ham ish olib bormoqda.

Qoʻmita axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi tomonlarni hamkorlik qilishga chaqirdi va Oʻzbekistonda shu kabi loyihalarni hamkor sifatida amalga oshirish uchun tayyorligini bildirdi.

Asosiy mavzular