03:49 21 Yanvar 2018
Efir
Turistы v Uzbekistane

Oʻzbekistonga kelayotgan rossiyalik sayyohlar oqimi 22%ga oshdi

© Pixabay
Turizm
Havola olish
22710

2017 yilning 9 oyi davomida Rossiyadan Oʻzbekistonga 93 ming sayyoh tashrif buyurgan

TOSHKENT, 12 dek — Sputnik. "TurStat" analitik agentligi 9 oy mobaynida (2017 yil 1 yanvardan 30 sentyabrgacha) Rossiyadan xorijga chiqishlar statistikasini tahlil qildi va rossiyalik sayyohlar sayohat qilgan mamlakatlar reytingini eʼlon qildi.

Rossiyadan Oʻzbekistonga sayohatlar miqdori 22%ga oshgan va 93 ming sayyohni tashkil etgan.

Oʻzbekiston ushbu roʻyxatda 39-oʻrinni oldi.

Oʻzbekistondan keyingi oʻrinda Tojikiston joylashdi.

Qirgʻiziston rossiyalik sayyohlar tashrifi boʻyicha Oʻzbekistondan oʻzib ketdi. U 200 ming sayyoh bilan 30-oʻrindan joy oldi.

Qozogʻiston reytingning 4-oʻrnini egalladi. Koʻrsatilgan davr mobaynida bu yerga 2,3 mln rossiyalik tashrif buyurgan.

Rossiyalik turistlar uchun ommabop mamlakatlar reytingida 1-oʻrinni Turkiya band etdi — 3 mln 944 ming sayyoh.

Asosiy mavzular