03:52 21 Yanvar 2018
Efir
Elyor Turayev

Xitoyda ishlayotgan oʻzbek yigiti turizm va kelajakdagi orzulari haqida

© Foto: Foto iz lichnogo arxiva Elyora Turayeva
Turizm
Havola olish
999120

Qahramonimiz – 27 yoshli Elyor Toʻrayev Toshkent viloyatining Qibray tumanida tugʻilgan. Toshkent Turizm kollejini bitirgach, 2014 yilda Xitoydagi Wanda mehmonxonasiga ishga joylashgan

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik, Dilshodbek Asqarov. Suhbatdoshimiz Xitoydagi hayot va kelgusi rejalari haqida soʻzlab berdi.

— Elyor, siz 8 yildan buyon mehmonxona va turizm sohasida ishlayman dedingiz. Bu sohaga qanday kirib kelgansiz?

— Men bolaligimda InterContinental Toshkent Mehmonxonasi yonidan har oʻtganimda u yerda ajoyib muhitni koʻrardim. Mehmonxona va turizm biznesi dunyoga eshik ochish, yangi davlatlar, yangi madaniyat va yangi odamlar bilan tanishish kaliti ekanligini his qildim va u yerda birinchi ish tajribamni boshlaganman.

Elyor Turayev
FotoFoto iz lichnogo arxiva Elyora Turayeva
Elyor Toʻrayev

—Xitoyda 2014 yildan buyon yashab, mehnat qilib kelasiz. Xitoy va oʻzbek madaniyati, turmush tarzida qanday oʻxshashliklar bor?

— Xitoyliklar ham biz oʻzbeklar kabi mehmondoʻst. Shinjon Uygʻur muxtor viloyatida esa oʻzbek milliy taomlari, milliy liboslari va madaniyatida koʻplab oʻxshashliklarni koʻrish mumkin.

— Xitoy sizni nimasi bilan lol qoldirdi?

— Xitoyda mehmonxona biznesi va turizmning rivojlanganligi meni hayratga soldi. Bu yerning istalgan hattoki kichik shahridan 5 yulduzlik xalqaro mehmonxona, dam olish va hordiq chiqarish uchun maskanlar topishingiz mumkin.

— Xitoyliklar Oʻzbekiston haqida qanchalik bilishadi?

— Xitoylik tadbirkorlar Oʻzbekiston haqida juda yaxshi bilishadi. "Bir belbogʻ — bir yoʻl" loyihasi yoʻlga qoʻyilganidan keyin esa ularning soni yanada oshdi. Oddiy aholi esa Oʻzbekiston xaqida kam maʼlumotga ega.

Elyor Turayev
Foto,Foto iz lichnogo arxiva Elyora Turayeva
Elyor Toʻrayev

— Siz yashayotgan shaharda oʻzbekistonliklar bormi?

— Men yashayotgan Chungtsing shahrida 30ga yaqin oʻzbekistonliklar bor, ular shu shahardagi universitetlarda oʻqishadi.

— Oʻz ishingiz haqida gapirib bering. Asosiy vazifangiz nimalardan iborat?

— Barcha oziq-ovqat va ichimliklar boʻlimining kundalik vazifalari, yaʼni mehmonxonadagi barcha restoranlarni, bar va ziyofatlarni eng yuqori standardlarga muvofiq boshqarish mening vazifamga kiradi.

Bundan tashqari, mijozlarni jalb qiluvchi yangiliklar, kreativ yangiliklar oʻylab topishim lozim. shuningdek, isteʼdodli kadrlar jalb qilish va tayyorlash, ularni ragʻbatlantirish, jamoaviy muhit yaratish ham mening zimmamda.

— Siz ishlayotgan mehmonxonada xodimlarga boʻlgan munosabat qanday?

— Xodimlar hamisha malaka oshirib borishadi va qoʻllab-quvvatlanadi. Mabodo ishda xato qilib qoʻysa, unga alohida ogʻzaki tushuntiriladi, poʻpisa qilinmaydi.

Vazifasini yaxshi bajarganlar boshqa xodimlar yonida albatta ragʻbatlantiriladi.

— Ish faoliyatingiz davomida Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan suhbatlashgan ekansiz.

— Ha. Koreya Respublikasi prezidenti va birinchi xonimi Chungtsing shahriga tashrif buyurishganida ularning xizmatlarida boʻldim. Ular juda ham kamtarin inson ekanlar. Ularga oʻzbekistonlik ekanimni aytganimda ularning yuzidagi quvonch, reaktsiyani koʻrganingizda edi.

Hattoki prezident bosh oshpazi va xavfsizlik xizmatchilari menga oxirgi oyda prezidentimiz tashriflari vaqtida oʻzbekistonlik mehmonlar bilan birga suratlarga tushishganini quvonch bilan koʻrsatishdi. Ularning barchasi oʻzbek milliy taomlarini yoqtirishlarini aytishdi va oʻzbekistonliklarga boʻlgan hurmatlarini cheksizligini taʼkidlashdi.

Elyor Turayev s prezidentom Respubliki Koreya
© Foto: Foto iz lichnogo arxiva Elyora Turayeva
Koreya prezidenti Mun Chje In bilan

— Oʻzbekistonga tez-tez borib turasizmi? Mamlakatda boʻlayotgan oʻzgarishlar qay darajada?

— Uyga bir yilda 1-2 marta borib turaman. Oxirgi marta shu yilning mart-aprel oylarida boʻldim. Oʻzgarishlar judayam koʻp: yangi koʻpriklar, yangi mehmonxona, koʻp qavatli turar-joy maskanlari qurilgan va qurilmoqda. Biznesmen va investorlarga juda yaxshi muhit yaratilayotganini sezdim.

— Oʻzbekistonda mehmonxona va turizm biznesini rivojlantirish uchun nimalarga eʼtibor berish kerak deb oʻylaysiz?

— Oʻzbekistonda ushbu sohani rivojlantirish uchun Butunjahon Savdo Tashkiloti (WTO) ga aʼzo boʻlish, chempionatlar, Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish, bino va inshootlar, mehmonxonalarni potentsial investorlarga taqdim etish va investorlarni jalb qilish lozim deb oʻylayman. Ayniqsa, keyingi vaqtda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va qabul qilinayotgan hujjatlar ushbu sohaning jadal oʻsishini taʼminlaydi degan fikrdaman.

— Kelgusidagi rejalaringiz qanday?

— Hozirda Xitoyda tajriba orttiryapman. Kelajakda oʻz vatanimda ushbu sohada oʻz biznesimni yoʻlga qoʻyish va bu yerda orttirgan tajribamni qoʻllash niyatim bor.

Asosiy mavzular