03:47 21 Yanvar 2018
Efir
Turist iz Uzbekistana na gore Elbrus

"Bolshoy chemodan" Oʻzbekiston boʻylab sayohat qildi

© uznews.uz
Turizm
Havola olish
22420

Oʻzbekiston haqidagi 40 daqiqalik dastur "BST" kanalida 2018 yilgi yangi mavsumda efirga uzatiladi. Takroriy namoyish mavsum davomida rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu dastur "Youtube" kanali orqali yuz minglab abonentlarni koʻrish imkoniga ega boʻladi

TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. 2017 yil 16-20 dekabr kunlari yoshlar orasida ommalashgan "BST" telekanalining "Bolshoy chemodan" televizon dasturi ijodkorlari Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi taklifi bilan Oʻzbekistonda boʻldi, deb xabar qildi qoʻmita matbuot-xizmati.

Xabarga koʻra, 4 kun davomida musiqiy dastur ijodiy guruhi Toshkent va Xiva shahardagi koʻplab musiqachilar, folklor guruhlari va Xorazm shahrining aholilari bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston haqidagi 40 daqiqalik dastur "BST" kanalida 2018 yilgi yangi mavsumda efirga uzatiladi. Takroriy namoyish mavsum davomida rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu dastur "Youtube" kanali orqali yuz minglab abonentlarni koʻrish imkoniga ega boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, "Bashkir sunʼiy yoʻldosh" telekanalida namoyish etiladigan "Bolshoy chemodan" telekoʻrsatuvi vazifasi mamlakatlar va xalqlar madaniyati, xalq qoʻshiqlar, musiqiy asboblar, folklor, anʼanalar, shuningdek, asosiy diqqatga sazovor joylarlar haqida aytib oʻtishdir.

2013 yilda loyiha Rossiya Teleradiokompaniyasi "TEFI-REGION" mukofash marosimida "Eng yaxshi koʻngilochar dastur" nominatsiyatsiga ega boʻldi.

Asosiy mavzular