03:51 21 Yanvar 2018
Efir
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari v aeroportu

Dushanbedan Samarqand va Buxoroga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

© Flickr/ t_y_l
Turizm
Havola olish
200 0 0

Tojikiston transport vazirligi tomonidan ushbu masalada tegishli qaror qabul qilindi va Oʻzbekistonga maʼlum qilindi

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Tojikiston Samarqand, Buxoro va Dushanbe oʻrtasida yangi aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi haqida "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyaning taklifini qabul qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

"Ushbu masala boʻyicha qaror qabul qilindi va bu haqda Oʻzbekistonga maʼlum qilindi. Yangi aviaqatnovlar yaqinda kelajakda yoʻlga qoʻyiladi", — deb taʼkidlandi vazirlikda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida aviaqatnovlar 2017 yil fevral oyida qayta tiklangandi. Bugungi kunda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi tomonidan Toshkentdan Dushanbega haftasiga bir marta, seshanba kuni amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular