03:48 21 Yanvar 2018
Efir
Avtobusы SAZ HD 50, proizvodimыe Samarkandskim avtomobilnыm zavodom

Oʻzbekistonda sayyohlar uchun zamonaviy avtobus ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

tashtrans.uz
Turizm
Havola olish
30011

Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan SAZ HD 50 rusumli avtobuslar sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlib, xavfsizlik nuqtai nazaridan mukammal ishlangan

TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. Samarqand avtomobil zavodida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun moʻljallangan shahar ichki sayyohlik yoʻnalishlariga moʻljallangan SAZ HD 50 rusumli avtobuslar 50 dona ishlab chiqarildi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mazkur transport sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlib, xavfsizlik nuqtai nazaridan mukammal ishlangan. Avtobusda televizor, konditsioner, Wi-Fi, mikrofon, audiotizim va ovoz karnaylari mavjud. Har bir oʻrindiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan. Bu avtobusda sayyohlar xordiq chiqarib, sayr qilishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Avtobusda kuzatuv videokamera ham oʻrnatilgan boʻlib, u sayyohlar xavfsizligi uchun xizmat qiladi.

Avtobusning umumiy yoʻlovchi sigʻimdorligi 44 yoʻlovchini tashkil qiladi. Oʻrindiqlar soni 29 ta. Avtobusning toʻliq massasi 9,5 tonnani, maksimal tezligi 80 km/soatni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, 2018 yil birinchi choragida Germaniyaning MAN rusumli shaharlararo avtobuslarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu oʻz navbatida turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Asosiy mavzular