03:52 21 Yanvar 2018
Efir
Zdaniye Smitsonovskogo instituta v Vashingtone

Oʻzbekistonga AQShning mashhur Smitson instituti mutaxassislari tashrif buyurdi

AP Photo / Manuel Balce Ceneta
Turizm
Havola olish
153 0 0

AQSH instituti ekspertlari 15 yanvarga qadar Madaniyat, Iqtisodiyot, Tashqi ishlar vazirliklarida, Davlat turizm qoʻmitasi, Xususiy turistik agentliklar assotsiatsiyasida, muzey va taʼlim muassasalarida qator uchrashuvlar oʻtkazishadi

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. 7 yanvar kuni Oʻzbekistonga AQShning dunyoga mashhur Smitson universiteti mutaxassislari tashrif buyurdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, tashrifdan maqsad, Oʻzbekistonning madaniy-tsivilizatsion merosini oʻrganish va ilmiy turizmni rivojlantirish boʻyicha loyihani amalga oshirishni muhokama qilishdir.

Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, AQSH instituti ekspertlari 15 yanvarga qadar Madaniyat, Iqtisodiyot, Tashqi ishlar vazirliklarida, Davlat turizm qoʻmitasi, Xususiy turistik agentliklar assotsiatsiyasida, muzey va taʼlim muassasalarida qator uchrashuvlar oʻtkazishadi. Uchrashuvlarda respublika turistik salohiyatini rivojlantirish salohiyati va istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilgan loyiha Toshkent va Xiva shaharlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishga qaratilgan boʻlib, tadqiqotlar natijalariga koʻra ushbu shaharlarda turizmni yanada rivojlantirish borasida institutning xulosa va tavsiyalardan iborat hisoboti tayyorlanadi.

Smitson instituti taʼlim va ilmiy-tadqiqot strukturasiga ega tizim boʻlib, uning muzey majmuasi dunyodagi eng yirik muzeylardan hisoblanadi. Instituti tarkibiga 19 muzey, 9 ilmiy-tadqiqot markazi, zoopark hamda AQShning 45 shtati, Puerto-Riko va Panamadagi 200dan ortiq muassasa va muzeylar kiradi.

Institut Oʻzbekiston muzey va kutubxonalari bilan mustahkam aloqa oʻrnatgan. 2011 yildan buyon Oʻzbekistonga ekspert va tadqiqotchilarning qator tashriflari amalga oshirilgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, Smitson muzeylarida Oʻzbekistonning madaniy va tsivilizatsion merosi bilan bogʻliq 1500dan ortiq yodgorliklar saqlanadi.

Asosiy mavzular