06:37 19 Yanvar 2018
Efir
Fotografii predstavlennыe na vыstavke Gorod skazok i legend

Rossiya IIV xodimlariga Oʻzbekistonda dam olishga ruxsat berildi

© Foto: Tatyana Ozyorina
Turizm
Havola olish
109601

2018 yilda Rossiya Ichki ishlar xodimlari dam olishi mumkin boʻlgan mamlakatlar roʻyxatiga Oʻzbekiston ham kiritildi.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev muassasa xodimlariga dam olish uchun xavfsiz boʻlgan chet mamlakatlar roʻyxatini tasdiqladi, Rossiya Turoperatorlar Assotsiatsiyasi xabariga asosan.

Ichki ishlar vazirining 26 dekabrda imzolangan “Rossiya Federatsiyasi IIV xodimlarining dam olish maqsadida mamlakat hududini tark etish toʻgʻrisidagi”  buyrugʻiga binoan muassasa xodimlari borishi mumkin boʻlgan mamlakatlar roʻyxati bir necha koʻrsatgichlar boʻyicha tanlab olingan.

“Ichki ishlar xodimlari dam olish uchun borishi mumkin boʻlgan mamlakatlar roʻyxati, harbiy-siyosiy, kriminogen, sanitar-epidemiologik va tabiiy ofatlar ehtimolini hisobgan olgan holda tuzildi”, — deyilgan xabarda.

Ushbu roʻyxatga Oʻzbekistondan tashqari Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Vyetnam, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Kuba, Tojikiston, Turkmaniston va Janubiy Osetiya kiritilgan.

Oldin ushbu yoʻnalishlar orasida Turkiya va Misr ham bor edi, lekin boʻlib oʻtgan teraktlar va Yaqin Sharqdagi umumiy notinchlik tufayli ushbu yoʻnalishlar roʻyxatdan chiqarilgan.

Turizm sohasi ekspertlari ruyxatga kiritilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirishgan.

Ularning fikriga koʻra, Oʻzbekiston qiziq ekskursion yoʻnalish, lekin aviachiptalar narxi qimmat.

Tojikistonga esa Rossiyadan tashkiliy sayohatlar yoʻq, yaʼni sayyohlarning oʻzlari bu ish bilan shugʻullanishlari kerak boʻladi.

Qozogʻiston va Qirgʻizistonga ham tashkil qilinayotgan sayohatlar soni unchalik koʻp emas.

Turkmanistonga sayyohat qilish yanada noqulay, chunki ushbu mamlakat bilan Rossiya orasida viza tartibi oʻrnatilgan. Tashkiliy sayyohatlar esa – umuman yoʻq.

Asosiy mavzular