12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Mavzu
Siyosat

Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4 dekabr kuni Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 5-6 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan-taʼlim va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, tijorat shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.