12:19 22 Avgust 2017
Efir
Mavzu
Hodisalar

Bosh prokuratura Gulnora Karimova jinoiy ishi boʻyicha maʼlumot berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari boʻyicha xabar berdi.

Unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari (165, 167, 179, 184, 227 va boshqalar) bilan ayblov eʼlon qilingan.

Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga tergov organlarining uyushgan jinoiy guruhning aktivlarini xatlash toʻgʻrisidagi qarorlari yuborilgan.

Hozirgi kunda uyushgan jinoiy guruhning boshqa aktivlarini aniqlash va ularni Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilmoqda.