16:55 21 Noyabr 2017
Efir
Mavzu
Mavzular

Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman

Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash masalalariga qaratilgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzuida anjuman ish boshladi.

Anjumanda mintaqa davlatlarining tashqi ishlar vazirlari, BMT, Yevropa Ittifoqi, YEXHT, SHHT, MDH, YETTB kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, taniqli ekspertlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jami 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.