O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami keng nishonlandi

Obuna bo‘lish
Bugun Toshkentda O‘zbekiston Mustaqilligining 25-yillik yubileyi keng nishonlandi. Bayram tadbirida san’atkorlar va qiziqchilar qatnashdilar. Garchi, O‘zbekiston prezidenti ishtirokidagi katta bayram sal keyinga qoldirilgan bo‘lsa-da, xalq istiqlol kunini nishonlash uchun saylgohga baribir keldi.

Mustaqillik milliy bog‘i odamlarga gavjum. Hamma bayramona kayfiyatda. "Mana, oilaviy bayramni nishonlagani keldik, juda xursandmiz. Prezidentimizga sog‘lik-salomatlik tilaymiz. Ilohim baxtimizga hamisha salomat bo‘lsinlar" — deya tilak bildirdi tadbir ishtirokchilaridan biri.

Shu yaqin atrofda sayr qilib yurgan "Kamolot"chi yoshlar ham suhbatimizga qo‘shildilar.

"O‘zbekiston xalqini, shu jumladan sizlarni ham Mustaqillik bayrami bilan tabriklaymiz! Prezidentimizga rahmat, bizga shunday imkoniyatlarni yaratib berganliklari uchun", — deb tilak bildirdi ular.

Yangiliklar lentasi
0