02:54 23 Yanvar 2018
Efir
Video

Putin: kimda-kim Ikkinchi jahon urushi natijalari qayta koʻrib chiqishni istasa - marhamat!

Havola olish
272411
© Ruptly.

Bugun Vladivostokda boʻlib oʻtilishi kutilayotgan uchrashuv oldidan Putin, faqatgina ikki mamlakat orasida oʻzaro ishonch paydo boʻlganda, Kuril orollari muammosini hal qilish mumkinligini aytdi.

Rossiya prezidenti Blumberg agentligi muxbiri bilan boʻlgan suhbatda, Kuril orollari  muammosi va Ikkinchi Jahon urushi natijalarini qayta koʻrib chiqishga boʻlayotgan urinishlar haqida gapirdi.

“Biz yer savdosi bilan shugʻullanmaymiz, garchi Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi tuzish masalasi oʻta muhimdir. Biz yaponiyalik doʻstlarimiz bilan ushbu muammoning yechimini topishni juda ham istardik” dedi suhbat davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Kuril orollari muammosi uzoq yillar davomida Rossiya va Yaponiya orasida tinchlik shartnomasi imzolanishiga xalal berib kelmoqda. Tokio 1855 yilgi shartnomaga asosan Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollari Yaponiyaga berilishini talab qilmoqda. Moskva esa, ushbu orollar Ikkinchi Jahon uchushi natijalariga koʻra qonuniy ravishda SSSR tarkibiga, kirganini daʼvo qilmoqda.

 

Yana video

Asosiy mavzular