Moskva metrosi vagonida it bolaladi

Obuna bo‘lish
3 oktabr kuni Moskva metrosi vagonida qarovsiz it bolaladi. Metro xodimlari it va uning bolalarini xavfsiz joyga qanday ko‘chirishganini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

3 oktabr kuni Moskva metrosi vagonida qarovsiz it bolaladi. Metro xodimlari it va uning bolalarini xavfsiz joyga qanday ko‘chirishganini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

Moskva yer osti yo‘li yo‘lovchilari 3-oktabr kuni ertalab "Paveleskaya" stansiyasida poyezd mashinistiga vagonda qarovsiz it tug‘ayotgani haqida xabar qilishdi.
Metropoliten xodimlari yo‘lovchilarni vagonga chiqarmaslikka va it bolalarini dunyoga keltirib olishi uchun imkoniyat yaratishga qaror qilishdi.

Vagonda jami to‘qqizta kuchuk dunyoga keldi. Jonivorlarni "Zoorassvet" tashkilotiga topshirishdi va bu yerda kuchuklar emlandi, ona it esa cho‘miltirildi.

Metropoliten xodimlari ona-bola jonivorlarni boqib olish istagida bo‘lganlar uchun +7 499 321 60 29 o‘z raqamlarini qoldirishdi va soat 10.00 dan 17.00gacha qo‘ng‘iroq qilish mumkinligini bildirishdi.

Bundan tashqari, barcha xohlovchilar metroning metro twitter.com/metrooperativno mikroblogida kuchuklar uchun o‘z laqablarini taklif qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0