"Qor bobo" Kremlga Yangi yil archasini olib keldi

Obuna bo‘lish
Har yili Kremlda bolalar uchun an’anaviy Prezident archasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu archa bayrami uchun balandligi 30 metrdan baland, chiroyli archani daraxti Kreml markazidagi Sobor maydonida o‘rnatiladi.

Qor bobo  maxsus bezatilgan yuk mashinasida Kremlga ulkan archa daraxti olib keldi. Archa ortilgan yuk mashinasi Spass darvozalari orqali Kreml hududiga kirib keldi. "Qor bobo" archa va butun yer yuziga tilangan yaxshi niyatlar bitilgan gramotani Kremlni qo‘riqlash xizmati boshlig‘iga topshirdi.

Ushbu archaning yoshi 100dar ortiq, tana qalinligi 70 santimetr, shoxlari kengligi esa — 15 metr.  Ulkan archa Kreml ichidagi Sobor maydonida o‘rnatiladi.

Bu yilgi prezident archasi tadbirlari 26-dekabrda boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0