Farg‘onada urush veteranlarini tabriklashdi

Obuna bo‘lish
Farg‘onada Ikkinchi jahon urushi veteranlariga GM Uzbekistan avtomobillarini navbatsiz sotib olish imkonini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

G‘alaba va xotirlash kunini munosib kutib olish maksadida O‘zbekistonda bugungi kunda yashayotgan Ikkinchi Jahon urushi veteranlariga qo‘shimcha imtiyoz va qulayliklar yaratilmoqda.

O‘zavtosanoat AJ tashabbusi bilan, ushbu yil urush faxriylariga GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan har qanday turdagi avtomashinalarni bir martalik navbatsiz olish imkoniyatini beradigan sertifikat taqdim etiladi. Barcha sertifikatlar 20-aprelga qadar topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda respublikada 1542 nafar urush faxriysi yashab kelmoqda. 2017-yil xotira kuni arafasida, prezident qaroriga muvofiq ularning har biriga 2 mln so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari hokimlar, keng jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0