10:53 26 Aprel 2017
Efir
Video

Ona oʻz farzandlarining terrorchi ekaniga ishonmadi

Havola olish
118610
(0:37 / 4.13Mb / prosmotrov video: 2513)

Sankt-Peterburg metrosida terakt tashkillashtirishda ayblanayotgan Abror va Akram Azimovlarning onasi “Russia Today” telekanaliga intervyu berdi.

Qoʻlga olingan fuqarolarning onasi Vazira Mirzaxmedova, Qirgʻizistonning Jalolobod tumanida yashab kelmoqda.  Xabarda aytilishiga koʻra, Mirziaxmedova besh bolani oʻzi yolgʻiz katta qilgan. Ona oʻz farzandlarining terrorchi ekanligiga ishonmasligini xabar qildi.

Mahalliy nashrlar Azimovlarning qoʻshnilari bilan muloqotda boʻlib niqlashiga koʻra, ushbu oila alohida dindorligi bilan ajralib turmagan. Masjidga faqat juma namozi oʻqishga borgan, oila aʼzolari bir biriga yaoʻshi munosabatda boʻlishgan.

Abror va Akram Azimovlar 2014 yillarda Rossiya fuqaroligini olishgan. RIA Novosti aniqlashiga koʻra, fuqarolik olish vaqtida hech qanday qonunbuzarlikka yoʻl quyilmagan. Rossiyaning Qirgʻizistondagi konsulligi xabariga koʻra, oʻsha vaqtda ularga Rossiya fuqaroligini bermaslik uchun hech qanday asos boʻlmagan. 

Eslatib oʻtamiz, Sankt-Peterburg metrosida 3 aprel kuni terrorchilik uyushtirgan Akbarjon Jalilov fojea oldidan Abror Azimov va yana bir necha kishiga qoʻngʻiroq qilgan. Rossiya FXXsi ushbu qoʻngʻiroqlarni orqali 18 aprel kuni Moskva viloyatining Odintsovo tumanida yashovchi  Abror Azimovni qoʻlga olgan. Undan ikki kun oʻtib esa uning akasi Abror Azimovni hibsga olgan.

Qirgʻiziston OAVlari xabariga koʻra, Abror Azimov hibsga olingan vaqtda Akram Azimov Qirgʻizistonda kasalxonada boʻlgan. Abror Azimov hibsga olinganidan keyin Qirgʻiiston Davlat xavfsizlik qoʻmitasi kasalxonaga kelib Abror Azimovni olib ketgan. Undan bir koʻn oʻtib  esa, Abror Azimov Moskvada FSB tomonidan, choʻntagida granata bilan hibsga olingan.

Rossiya FXX rahbari Aleksandr Bortnikov xabariga koʻra, ayni damda Sankt-Peterburg metrosidagi terakt buyurtmachisi kimligi aniqlangan. Maxsus xizmati rahbari jurnalistlarga ushbu shaxs haqida boshqa maʼlumot xabar qilmadi.

Bizning oʻzbekcha Telegram kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yana video

  • Zaderjan brat predpolagayemogo organizatora terakta v Peterburge
    Oxirgi yangilanish: 10:23 20.04.2017
    10:23 20.04.2017

    FXX Abror Azimovning akasini qoʻlga olinishi videosini namoyish qildi

    Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchiligida gumonlanayotgan Abror Azimovning akasi FXX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi

    964
  • Veteranlarga GM Uzbekistan avtomobillari navbatsiz  sotiladi
    Oxirgi yangilanish: 20:16 17.04.2017
    20:16 17.04.2017

    Fargʻonada urush veteranlarini tabriklashdi

    Fargʻonada Ikkinchi jahon urushi veteranlariga GM Uzbekistan avtomobillarini navbatsiz sotib olish imkonini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

    126
  • Ozarbayjon tandirlari
    Oxirgi yangilanish: 19:30 17.04.2017
    19:30 17.04.2017

    Ozarbayjon tandirlari

    Ming yillar oldin insoniyat tomonidan yaratilgan tandirlar bugungi kunda ham oʻz xususiyatlarini yoʻqotmagan. Ular oʻzlariga ortiqcha diqqat-eʼtibor, yoki koʻp oʻtin talab qilmaydi.

    367
  • XKSdan tabrik soʻzi
    Oxirgi yangilanish: 14:43 12.04.2017
    14:43 12.04.2017

    Koinotdan tabrik soʻzi

    Rossiyalik kosmonavt Oleg Novitskiy Xalqaro kosmik stantsiyadan turib insoniyatni Kosmonavtnika kuni bilan tabrikladi.

    177

Asosiy mavzular