03:35 17 Dekabr 2017
Efir
Video

Mirziyoyev Atamboyevga: bizning oramizda chegara boʻlmasligi kerak

Havola olish
149172
Press-slujba prezidenta KR / Sultan Dosaliyev

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev Ostonadagi SHHT sammiti doirasida uchrashdilar

Mirziyoyev imkoniyat boʻlishi bilan "soatlarni toʻgʻrilab olish" yaxshi anʼanaga aylanganini qayd etdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston.

"Bugungi soatlarni toʻgʻrilab olishimiz ikki tomonlama munosabatlarimiz barcha sohalarda faol rivojlanayotganini anglatadi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshdi, ikki mamlakat chegara viloyatlari oʻrtasida muloqotlar chuqurlashmoqda. Biz qayerda uchrashmaylik, oldinga siljish uchun barcha harakatni amalga oshiramiz", — dedi Mirziyoyev.

U shuningdek, Qirgʻiziston prezidentiga Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif etdi.

"Eng asosiysi, bizning oramizda chegara boʻlmasligi kerak, chegaralar ochiq boʻlishiga erishishimiz kerak", — dedi Oʻzbekiston rahbari.

Atamboyev Oʻzbekiston prezidentining taklifi uchun minnatdorlik bildirdi va oʻzbek-qirgʻiz munosabatlarini barcha sohalarda mustahkamlashda faol ishtirok etishga tayyorligini eʼtirof etdi. Qirgʻiziston prezidenti oʻz navbatida chegaralar shunchaki rasmiy boʻlishi, ikki mamlakat xalqlari bir-birlari bilan qiyinchiliklarsiz uchrashishlari lozim deb hisoblashini aytdi.

Ikki mamlakat rahbarlari tegishli idoralarga oʻzbek-qirgʻiz chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasidagi shartnomani imzolash boʻyicha muzokaralarni tezlashtirishni topshirdilar.

Yana video

  • Jeenbekova v aeroportu Tashkenta vstretila devushka s tsvetami — video
    Oxirgi yangilanish: 10:46 14.12.2017
    10:46 14.12.2017

    Jeenbekov Toshkentda qanday kutib olindi

    Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovni Islom Karimov nomli Toshkent aeroportida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamda Qirgʻiziston elchisi Daniyar Sodiqovlar kutib olishdi

    488
  • Yelka iz mashin
    Oxirgi yangilanish: 17:01 07.12.2017
    17:01 07.12.2017

    Gʻaroyib avto-archa – yerevanlik haydovchilar fleshmobi

    Yangi yil arafasida yerevanlik haydovchilar gʻaroyib fleshmob tashkil qilishdi.

    480
  • Toshkent aeroportidan Qobuldan amalga oshirilgan birinchi avia qatnovni tantanali kutib olishdi
    Oxirgi yangilanish: 18:51 29.11.2017
    18:51 29.11.2017

    Qobuldan birinchi parvozni kutib olish

    Bundan buyon Qobuldan Toshkentga toʻgʻridan-toʻgʻri parvoz orqali 1,5 soatda yetish mumkin. Doimiy parvozlar haftada ikki marotaba amalga oshiriladi.

    850
  • Jiteli Irkutska v kupalnikax vыshli na probejku zimoy
    Oxirgi yangilanish: 15:39 27.11.2017
    15:39 27.11.2017

    Irkutskda odamlar sovuqda yalangʻoch boʻlib yugurishdi

    Irkutskda bir guruh erkaklar va ayollar sovuq havoda choʻmilish kiyimlarida yugurishga chiqishdi.

    834

Asosiy mavzular