Suvda cho‘kkan odamga qanday yordam berish kerakligini bilasizmi?

Obuna bo‘lish
Tez yordam mashinasi yetib kelganiga qadar cho‘kkan odam nafas olmayotgan taqdirda uni qattiq tekis joyga yotqizib, og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash kerak. Agar odam hushidan ketgan bo‘lsa uni yoni bilan yotqizib og‘iz bo‘shlig‘idan suv erkin oqib chiqib ketishiga sharoit yaratish kerak.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Cho‘milish mavsumi kelishi bilan suv havzalarida baxtsiz hodisalar soni keskin oshadi. Inson shunday baxtsiz hodisaning guvohi bo‘lgan bo‘lganda, yoki suvga cho‘kkan odamga birinchi yordam ko‘rsatish zarurati tug‘ilganda qanday amaliyotlar bajarilishi kerakligini  ko‘pchillik bilmaydi.

Sputnik Kirgizstan Milliy Qizil yarimoy jamiyati xodimlari bilan birgalikda qo‘yidagi o‘quv videolavhasini tayyorlagan. Ushbu rolikda cho‘kayotgan qiz rolini "2017 yil Qirg‘iziston go‘zali" konkursida 2 o‘rinni egallagan Islambek kizi Gulzaada ijro etishga rozi bo‘lgan.

Xalqaro Qizil Xoch va qizil Yarim Oy jamiyati suvga cho‘kkan odamga yordam ko‘rsatish vaqtida har bir soniya o‘ta muhim ekanini eslatadi. Tez yordam mashinasi yetib kelganiga qadar cho‘kkan odam nafas olmayotgan taqdirda uni tekis joyga yotqizib, og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash kerak. Agar odam hushidan ketgan bo‘lsa uni yoni bilan yotqizib og‘iz bo‘shlig‘idan suv erkin oqib chiqib ketishiga sharoit yaratish kerak.

Sun’iy nafas oldirish uchun cho‘kkan odamning burnini berkitib og‘ziga 5 marotaba havo yuboriladi. Shunday keyin esa ko‘krak qafasining o‘rtasiga 30 marotaba ikki qo‘l bilan bosiladi.  Ushbu harakatlar bir necha marotaba qaytarilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0