08:49 23 Noyabr 2017
Efir
Video

MAKS-2017 - xalqaro avia-kosmik saloni boshlandi

Havola olish
332 0 0
© Ruptly.

MAKS-2017 - xalqaro avia-kosmik salonida dunyoning 30 mamlakatidan 173 korxonalari hamda 500 dan ortiq Rossiya korxonalari ishtirok etmoqda.

Moskvada 18 iyul kuni MAKS-2017 — xalqaro avia-kosmik salon boshlandi. Aviasalonda fuqaro va harbiy aviatsiya mahsulotlari namunalari, aviatsiya va kosmik sanoatga doir mahsulotlar namoyish qilinmoqda. Unda dunyoning 30 mamlakatidan 173 nafar korxona va tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Aviasalonda ishtirok etayotgan Rossiya korxonalari soni esa 500 dan ortiq.

Aviasalon Moskva viloyatidagi Jukovskiy aeroportida 23 iyulga qadar davom etadi.Salonning birinchi uch kuni jurnalist va mutaxassislar hamda rasmiy delegatsiyalar uchrashuvlari uchun ajratilgan, qolgan kunlarda esa u yerga barcha xoxlovchilar tashrif buyurishlari mumkin. Koʻrgazma mehmonlari zamonaviy aviatexnika namunalari hamda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan uchuvchi guruhlar parvozlarini kuzatishlari mumkin.Namoyish parvozlari soat 11:00 dan 17:00ga qadar boʻlib oʻtadi.

Yana video

Asosiy mavzular