12:15 22 Avgust 2017
Efir
Video

Yevropada dunyodagi eng badboʻy gul ochildi - ochilishi jarayonida olingan kadrlar

Havola olish
841 0 0
© Youtube / Duncan Reddish

Bu gʻaroyib oʻsimlik juda ham mashhur. Uni tomosha qilish va hidlab koʻrish uchun botanika bogʻiga yuzlab odamlar tashrif buyuradilar

Edinburgdagi Qirollik botanika bogʻida dunyodagi eng badboʻy oʻsimlik hisoblanuvchi — titan arum gulladi. Ulkan gʻunchaning qay tarzda ochilganini taymlps-video yordamida tomosha qilishingiz mumkin.

Titan-arumni uni oʻziga xos hidi tufayli koʻpincha "murda guli" deb ham atashadi. Maʼlumotlarga koʻra, dunyodagi barcha oʻsimliklardan koʻra faqat uning hidi eng badboʻy ekan. Titan-arum "ifori" aynib qolgan tuxum va baliq qorishmasini eslatadi.

​Gul faqat unga teginilgan taqdirdagina oʻzidan hid taratishni boshlaydi.

Darvoqe, ushbu gʻaroyib oʻsimlik juda ham mashhur — uni tomosha qilish va hidlab koʻrish uchun botanika bogʻiga yuzlab kishilar tashrif buyuradilar.

Arumning gullashi faqat 2 kun davom etadi. Ayni vaqtda gul faqat maxsus oranjereyalarda yetishtiriladi va u ikki yilda bir marotabagina gullashi mumkin.

Yana video

Asosiy mavzular

  • Chevrolet Spark, arxiv surat

    "Ipoteka-bank" matbuot xizmati maʼlum qilishicha arzon uy-joylar uchun pul toʻlayotgan mijozlarga "Imkoniyat" nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi

    2081
  • Paxta zavodi

    Qishloq xoʻjaligi vaziriga gʻoʻza yaproqlarini kimyoviy moddalar yordamida sifatli toʻkish ishlari oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy va doimiy nazorat olib borish, belgilangan muddatlar va meʼyorlarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish huquqi berildi

    359
  • Sibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona

    Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida toʻliq tanishish hamda joriy yilning 31 avgustiga qadar oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin

    268