08:49 23 Noyabr 2017
Efir
Video

Birinchi prezident sharafiga fotokoʻrgazma oʻtkazildi

Havola olish
214431
Sputnik

Toshkentda Fotosuratchilar uyida Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovga bagʻishlangan fotokoʻrgazmaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ekspozitsiya sentyabr oyi boʻlmasdan namoyish etildi.

Koʻrgazmada Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti hayotini va u bosib oʻtgan siyosiy yoʻlni aks ettiruvchi jami 39 dona surat namoyish etilgan. Xususan, ekspozitsiyadan, Islom Karimovning xalqaro safarlarida olingan kadrlar hamda uning oilaviy suratlari oʻrin olgan.

Shuningdek, Fotosuratlar uyida birinchi prezident portreti tanlovida ishtirok etgan oʻzbek rassomlari ijodlari ham namoyish etilgan. Ellikta eng suratdan 17 dona eng yaxshi deb topilgani ajratib olingan.

Islom Abdugʻaniyevich Karimov Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan davrdan boshlab qariyb chorak asr davomida mamlakatga rahbarlik qildi. Karimov 2016 yilning 2 sentyabrida 78 yoshida vafot etdi. U oʻzi tugʻilib oʻsgan shahar — Samarqandda dafn etildi.

Oʻzbekistonda bir nechta koʻchalar Islom Karimov sharafiga qayta nomlandi. Poytaxtdagi maydonga ham Karimov nomi berildi. Respublikaning boshqa shaharlarida ham birinchi prezident nomi bilan atalgan koʻchalar bor. Toshkent xalqaro aeroportiga va Toshkent Davlat texnika universitetiga ham Islom Karimov nomi berildi. Tez kunda Toshkent, Samarqand va Moskva shaharlarida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti sharafiga yodgorliklar ochilishi kutilmoqda.

Yana video

Asosiy mavzular