04:45 24 Sentyabr 2017
Efir
Video

Oʻzbekcha musiqa ostida butun Kreml saroyi raqsga tushdi

Havola olish
98320
Sputnik

Rossiyada Oʻzbekiston madaniyati kunlari ochilishiga bagʻishlangan kontsert dasturi Oʻzbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning nutqi bilan ochildi.

Rossiyaning eng nufuzli kontsert zallaridan biri — Kreml davlat saroyida boʻlib oʻtgan, kontsertda oʻzbek milliy musiqa namunalari, mashhur ruscha qoʻshiqlar va jahon operalari jarangladi. Sahnada mashhur Oʻzbek xonandalari Muyassar Razzoqova, Ramiz Usmonov, Munojot Yoʻlchiyeva, Gulsanam Mamazoitova, Jenisbek Piyazov, Sevara Nazarxon hamda  "Oʻzbekistan",  va "Navbaxor" ansambllari ijrosida betakror qoʻshiqlar jarangladi.

Alisher Navoiy nomli Oʻzbekiston opera va balet akademik Katta teatri artistlari ijrosida balet ham ijro etildi.

Kontsert dasturining oxirida "Yalla" guruhi qoʻshiqlari ostida esa butun zal raqsga tushib ketdi oʻrindiqlar orasidagi yoʻlaklarda boʻsh joy qolmadi. Oʻzbekiston madaniyati kunlari ana shunday yorqin va jozibador kontsert dasturi bilan boshlandi.

 

Yana video

Asosiy mavzular