14:23 24 Oktyabr 2017
Efir
Video

Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqi

Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi (17)
154140
© Ruptly.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridan turib, Oʻrta Osiyoni tinch va gullab-yashnayotgan hududga aylantirish, Orol muammosini hal qilishda umumjahon ishtiroki, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish va butun dunyo yoshlarini terrorchilik xavfidan asrab qolish kerakligi haqida gapirdi.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda Oʻzbekistonda muhim iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar olib borilayotgani, Oʻzbekiston Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan doʻstona qoʻshnichilik munosabatlari rivojlantirishga harakat qilinayotgani haqida soʻzlab berdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti hudud xavfsizligiga tahdid solayotgan muammalar Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Bu borada Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti maʼmuriyatining Afgʻoniston bilan qoʻshni mamlakatlar bilan kelishgan holda tinchlik oʻrnatish tashabbusini qoʻllab quvvatladi.

Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev Oʻrta Osiyoning ekologik muammosi boʻlgan — qurib qolayotgan Orol dengizi borasidaham toʻxtalib oʻtdi. Oʻzbekiston prezidenti oʻzi bilan olib kelgan xaritani namoyish qildi.

Soʻzining davomida Shavkat Mirziyoyev butun dunyo yoshlari orasida terrorchilik tarqalib borayotganiga eʼtibor qaratdi. Oʻzbekiston prezidenti ushbu muammoni yoshlarga oʻz imkoniyatlarini namoyish qilish uchun yangi sharoitlar yaratib berish orqali ushbu muammoni hal qilishni taklif qildi.

Nutqining soʻnggida Oʻzbekiston prezidenti butun dunyoda taʼlim va oʻrganish orqali diniy toqatlilikni oshirishga daʼvat qildi. Prezident bu borada Oʻzbekistonda islom tsivilizatsiyasi markazi tashkil qilinayotganini eslatib oʻtdi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi (17)

Yana video

Asosiy mavzular