Ilhom Aliyev BMTda nutq so‘zlayotgan bir vaqtda, zalda o‘tirgan qizi selfi tushgan

Obuna bo‘lish
Ozarbayjon prezidenti qizining hatti-harakati yig‘ilish ishtirokchilari kuzatuvida bo‘lgan bo‘lishi mumkin, negaki Ilhom Aliyevning chiqishi katta ekranda translyatsiya qilingan edi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Ozarbayjon prezidentining qizi Leyla Aliyevaning Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi 72 sessiyasidagi hatti-harakatini muhokama qilishmoqda. 

Yo‘lovchilar Kaluga aeroporti binosi yaqinida. - Sputnik O‘zbekiston
Selfi qilaman deb, to‘qqizinchi qavatdan quladi

Ilhom Aliyev oliy tribunada nutq so‘zlayotgan bir vaqtda Leyla selfi tushish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ushbu noqulay holat Ozarbayjon prezidenti chiqishini suratga olayotgan operator tomonidan muhrlangan. Sal keyin video BMT yangiliklari xizmatining YouTube-kanalida e’lon qilingan.

Kadrlarda ko‘rib turganingizdek, Ilhom Aliyev BMT minbaridan Tog‘li Qorabog‘ taqdiri haqida so‘zlayotgan bir vaqtda uning rafiqasi va qizi bir-biriga qarab tabassum qilishgan. Shundan so‘ng Leyla Aliyeva bir necha marotaba selfi tushgan.

Ozarbayjon prezidenti qizining ushbu hatti-harakatini butun yig‘ilish ishtirokchilari ko‘rgan bo‘lishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0