Toshkent sizlar bilan: "Ti super! Tansi" qatnashchilariga atalgan fleshmob

Obuna bo‘lish
Toshkentdagi bir necha o‘nlab bolalar va o‘smirlar bo‘kalik "Ti super! Tansi" qatnashchilarini qo‘llab-quvvatladilar

Durdona Ergasheva, Monika Dodarbekova va Anastasiya Molokovani qo‘llab-quvvatlash aksiyasida yuzdan ziyod bolalar va o‘smirlar ishtirok etishdi. Ular barchasi birgalikda raqs ijro etdilar.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik uchlik xorazmcha raqs ijro etib, rossiyalik muxlislar qalbini zabt etishgan edi. Qizlar keyingi bosqichga yo‘llanma oldilar va endilikda bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradilar.

Ministr kulturi RUz pojelal udachi uchastnitsam iz Uzbekistana proyekta Ti super!Tansi - Sputnik O‘zbekiston
Madaniyat vaziri "Ti super. Tansi" tanlovi ishtirokchilariga omad tiladi
Toshkentliklar o‘z yurtdoshlarini qay tarzda qo‘llab-quvvatlaganliklarini bizning videoda tomosha qiling.

"Ti super! Tansi" xalqaro tanlovi Sputnik xalqaro agentligi va radiosi hamda NTV telekanali hamkorligida o‘tkaziladi.

Raqs shousida MDHning 11 davlatidan 140dan ziyod bolalar qatnashmoqda.

Tanlov ota-ona qarovisiz qolgan, raqsga qiziquvchi bolalarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishni maqsad qilgan. Loyihada qatnashish o‘zini keng ommaga tanitish, mamlakatning eng yaxshi pedagoglari bilan birga ishlash, unutilmas taassurotlar olish, yangi do‘stlar va muxlislar orttirish imkoniyati demakdir.

Ushbu loyihaning davomini Sputnik O‘zbekiston sayti va bizning ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0