14:24 24 Oktyabr 2017
Efir
Video

Parijda antiqa modalar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi

Havola olish
619 0 0
© Ruptly.

Dwarf Fashion Show - Parijda oʻtkaziladigan antiqa modalar namoyishi. Unda boʻyi 130 sm dan oshmaydigan modellar ishtirok etadi. Tadbir tashkilotchilarining maqsadi moda sanoatidagi diskriminatsiyani yengishdan iborat

"Men moda industriyasida 10 yildan beri faoliyat yuritaman, talablar shu vaqtgacha oʻzgarmagan — modellar uzun boʻyli va ozgʻin boʻlishlari shart", — deb aytgan intervyuda tadbir tashkilotchilaridan biri Miriam Chalek.

Ayolning soʻzlariga koʻra, kunlarning birida u boʻyi tufayli bolalar kiyim doʻkonida oʻziga libos tanlashga majbur boʻlgan ayolga yordam bergan. Miriamning aytishicha oʻshanda xaridor ayol boʻyiga oʻlchami mos keladigan, buning ustiga yoshiga yarasha boʻlgan kiyim topa olmay qiynalayotganidan rosa xunob boʻlgan. Oʻshanda Miriam va uning jamoasi bu holatni oʻzgartira olamiz, degan qarorga kelishgan.

Dwarf Fashion Show koʻrgazmasi oltinchi marotaba oʻtkazildi, ilk marta tadbir 2014 yilda namoyish etilgan.

Yana video

Asosiy mavzular