14:24 24 Oktyabr 2017
Efir
Video

Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambayevni aeroportda kutib oldi

Havola olish
65010
Press-slujba prezidenta Kыrgыzstana

Bugun Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev oʻz rafiqasi bilan Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keldi.

Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Qirgʻiziston prezidenti 5-6 oktyabr kunlari Oʻzbekistonda davlat tashrifi bilan boʻladi.

Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashadilar.

Tashrif doirasida turli sohalarda oʻzaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yana video

Asosiy mavzular