Atambayev - Mirziyoyevga: Men sizni hamisha o‘zimni akam deb hisoblaganman

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari mehmonga o‘zbek tiliga tarjima qilingan ilk "Manas" kitobini tuhfa qildi va ikki davlat munosabatlarida yechimi topilmagan masalalar qolmaganligini ta’kidladi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 5-6 oktabr kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirmoqda. Ushbu uchrashuv doirasida tomonlar turli sohalarda hamkorlik qilish to‘g‘risida 13ta hujjatni imzoladilar.

Oliy darajadagi uchrashuvdan so‘ng ommaviy axborot vositalari uchun hamkorlikda qilgan bayonotlari davomida Almazbek Atambayev iliq uchrashuv, shuningdek, O‘zbekiston rahbarining ikkiyoqlama munosabatlar mustahkamlanishida amalga oshirgan tashabbuslari uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

"Men hamisha sizga iliq munosabatda bo‘lganman va sizni o‘zimning akam deb hisoblab kelganman", — deb ta’kidladi Atambayev.

O‘zbekiston rahbari mehmonga o‘zbek tiliga tarjima qilingan ilk "Manas" kitobini tuhfa qildi va ikki davlat munosabatlarida yechimi topilmagan masalalar qolmaganligini ta’kidladi.

O‘z navbatida Qirg‘iziston respublikasi prezidenti kuz fasli yakuniga qadar tomonlar chegara masalasini tamomila hal qilishlari va chegaraning qolgan qismini ham belgilab olishlari mumkinligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0