14:49 23 Oktyabr 2017
Efir
Video

Vladimirdagi fojia joyidan videolavha

Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
234501
MCHS RF

2017 yilning 6 oktyabrida tong soat 03:39da Vladimir viloyatida sodir boʻlgan avtobus va poyezd tщыnashuvida 16 kishi qurbon boʻldi, 5 kishi ogʻir jarohatlandi. Qurbonlarning 15 nafari Oʻzbekiston fuqarosi, bir kishi Qozogʻiston fuqarosi.

Tungi soat 03:39da pereyezddan oʻtayotgan avtobusning ayni temir yoʻl ustida dvigateli ishlamay qoladi. Haydovchi bir guruh yoʻlovchilar bilan avtobusni surib yoʻl chetiga chiqarishmoqchi boʻladi, lekin buning iloji boʻlmaydi. Shu vaqt pereyezdga "Sankt-Peterburg Nijniy Novgorod" tezyurar poyezdi katta tezlikda yaqinlashib kela boshlaydi. Tashqarida boʻlgan migrantlar buni koʻrib chetga qochadi. Poyezd katta tezlikda kelib urilib, avtobusni ikki qismga boʻlib yuboradi. Avtobusning orqa qismi joyida qoladi, oldini esa poyezd 200 metr nariga sudrab ketadi. Toʻqnashuv natijasida poyezd kabinasida ham yongʻin chiqadi.
Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Mavzu boʻyicha

Vladimirdagi avtobus fojiasi

Yana video

Asosiy mavzular