14:39 23 Oktyabr 2017
Efir
Video

Atambayev qozoq hukumati haqida nima dedi - prezident chiqishidan video

Havola olish
102110

Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev davlat mukofotlarini topshirish marosimida qozoq hukumati haqida bayonot bilan chiqish qildi

Atambayev oʻz nutqini prezidentlarga nomzodlar va ularning tarafdorlarini esga olishdan boshladi hamda "nega qozoq hukumati bizga aynan shunday rahbarlarni tiqishtirishni xohlayotganini tushunishini" aytdi.

"Men baribir adolatli saylovlarni oʻtkazaman. Har bir xalq oʻz hukmdoriga loyiq. Men bu singari rahbarlarni qozoq hukumati bizga nima uchun tiqishtirayotganini tushunaman. Qozoq hukumati Boqiyevni yaxshi koʻradi. Boqiyevlar hanuzga qadar Olma-Otada oʻz bayramlarini oʻtkazib keladilar. Men Qozogʻistondagi yuqori lavozimdagi kishilardan, Boqiyev odamlarni toʻgʻri otganligi haqida bir necha marotaba eshitganman. Familiyalarni aytib oʻtirmayman. Hurmatli Nursulton Abishevich Nazarboyev, hatto Olma-Ota YAIMi butun boshli Qirgʻiziston  YAIMidan 5 barobar deb mutlaqo toʻgʻri aytdi. Toʻgʻri. Qozogʻiston YAIMi Qirgʻiziston YAIMidan 20 marotaba koʻp. Daromad hisobida ham Qozogʻistonning bir fuqarosi Qirgʻizistondagiga nisbatan 10 marotaba koʻp daromad oladi. Xoʻsh, nega unda Qozogʻistonda pensiyalar 10 barobar emas, 1,5 barobargina koʻp? Tariflar ham nega 5 barobar koʻp? Nega deganda Qozogʻiston boyliklari oʻmarilmoqda. Boyliklar Qozogʻiston xalqiga yetib bormayapti, biz esa yomon namuna koʻrsatayapmiz. Atambayev yomon namuna koʻrsatayapti. U adolatli hukumat namunasini koʻrsatayapti", — deb bayonot qildi prezident.

Shundan soʻng u Qozogʻistondagi oligarxlarni, nomzodning Nazarboyev bilan uchrashuvini yodga oldi va Qirgʻizistonda tartibsizliklarni yuzaga keltirishni xohlovchilar bilan oʻta qatʼiy tartibda gaplashib qoʻyishini maʼlum qildi.

Yana video

Asosiy mavzular