20:07 23 Noyabr 2017
Efir
Video

Qirgʻizistonlik nogiron usta uyida traktor yasadi

Havola olish
101430
Sputnik / Aktan Temirkanov

Qirgʻizistonlik nogiron usta Aytbek Tashtanbekov uyida eski avtomobil ehtiyot qismlaridan traktor yasadi.

TOSHKENT, 23 okt – Sputnik. Besh yil oldin haydovchi va usta Aytbek Tashtanbekov ogʻir kasalga chalingan edi. Kasallik oqibatida Tashtanbekov uchta operatsiya oʻtkazdi, uning oyoqlari ishlamay qoldi.

Hozirgi kunda usta nogironlar aravachasida harakatlanadi, lekin bancha qiyinchiliklarga qaramasdan Aytbek fermer xoʻjaligini yuritadi, uch farzandini boqadi.

Usta aytishiga qaraganda, traktor jamlashda unga otasi va ukasi yordam berishgan. U aytib turgan ular bajarishgan. Eski ehtiyot qismlardan qoʻlbola yasalgan traktor koʻrinishidan zavodda ishlab chiqilgandek.

Tashtanbekov aytishiga qaraganda, oddiy traktordan koʻra u yumshoqroq va baquvvatroq, chunki unga avtomobil dvigateli oʻrnatilgan.

Yana video

Asosiy mavzular