16:40 21 Noyabr 2017
Efir
Video

"Men oʻzimni kechirolmayman": Islom Toʻlaganovning soʻnggi soʻzi - video

Havola olish
857375
Sputnik

Jasurbek Ibrohimov oʻlimida ayblanayotgan Islom Toʻlaganov boʻlib oʻtgan voqeadan keyin oʻzini hecham kechirolmayotganini maʼlum qildi

Menga jazo tayinlashda, Jasurbekka nisbatan qasdim boʻlmaganini, fojia boʻlishini oʻylamaganim, yoshimni, ilgari sudlanmaganimni inobatga olib, adolatli jazo tayinlashlaringizga ishonaman", — dedi soʻnggi soʻz oʻrnida Jasur Ibrohimov oʻlimida ayblanayotgan Islombek Toʻlaganov.

"Agar Jasurbekka nisbatan qasdim boʻlganida, men unga oʻqishning ichidayoq qoʻl koʻtargan boʻlardim. Men unga javob qaytarardim. Meni ota-onam "hech kimni hafa qilma, urushma" deb, "kattalarga izzatda, kichkinalarga hurmatda boʻl", deb tarbiya bergan.

Men ularning maslahatlariga quloq solganman. Ikkinchi sonli kasalxona vrachlari toʻgʻri tashxis qoʻyib, sifatli tibbiy yordam koʻrsatganida, Jasurbek vafot etmagan boʻlardi. Jasurbek mard inson edi. U bilan salom-aligimiz yaxshi edi. U yerda 2-sonli (kasalxona) vrachlarining ham aybi juda koʻp.

Hurmatli raislik etuvchi, xalq maslahatchilari!

Menga jazo tayinlashda, Jasurbekka nisbatan qasdim boʻlmaganini, fojia boʻlishini oʻylamagandim, yoshimni, ilgari sudlanmaganimni inobatga olib, adolatli jazo tayinlashlaringizga ishonaman", — deb oʻz soʻziga yakun yasadi Toʻlaganov.

Yana video

Asosiy mavzular