16:40 21 Noyabr 2017
Efir
Video

Talasda namoyishchilar Atambayevga talab qoʻyishdi

Havola olish
175902
© Sputnik. video ochevidtsa

Bugun Talasda boʻlib oʻtgan namoyishda, fuqarolar Atambayev ulardan kechirim soʻrashini va qozoq-qirgʻiz chegerasidagi muammolarni hal qilishni talab qilishdi.

Bugun 29 oktyabr kuni talas viloyati maʼmuriyai binosi oldida miting boʻlib oʻtdi. Unda 200-500 gacha fuqarolar ishtirok etishdi, Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan

Namoyishchilar Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev talasliklarni nooʻrin ayblab, ularni Abыke va Kobushning avlodlari degani uchun kechirim soʻrashini talab qilishdi. Afsonaga koʻra Abыke va Kobush qirgʻiz milliy qahramoni Manasning nomunosib aka-ukalari boʻlgan.

Undan tashqari namoyishchilar Qirgʻiziston hukumatidan qisqa muddat ichida qirgʻiz-qozoq chegarasidagi muammoni hal qilishni va Qozogʻiston bosh vaziri Bakыtjan Sagintayevning bayonotiga  asosan Qirgʻiziston Bojxona organlaridagi korruptsiya holatlariga qarshi choralar qabul qilishni talab qilishdi.  

Namoyish qatnashchilari ommaviy rezolyutsiya qabul qilib tarqalib ketishdi. Ular ushbu talablar bajarilmagan holda 3 noyabr kuni qaytadan namoyishga chiqishga vaʼda berishdi.

 

Yana video

Asosiy mavzular