06:48 19 Yanvar 2018
Efir
Video

AQShda yana bir ommaviy elektromobil paydo boʻldi

Havola olish
360 0 0
© Ruptly.

Fisker EMotion nomli elektromobilning narxi 130 ming dollar boʻlib, akkumulyatori quvvati 640 km masofani bosib oʻtishga yetadi.

Amerikada ommaviy elektromobillar ishlab chiqaradigan yangi korxona paydo boʻldi. Las-Vegasda boʻlib oʻtgan CES 2018 avtomobillar koʻrgazmasida yangi Fisker EMotion nomli elektromobil taqdim etildi.

Yangi elektromobilning narxi 130 ming dollar boʻlib, uning litiy-ionli akkumulyatori quvvati 640 km masofa bosib oʻtishga yetadi. Vaholanki, 2016 yilda ushbu loyiha dastlab eʼlon qilingan vaqtida AQShda yashab ishlovchi daniyalik tadbirkor va dizayner Xenrik Fisker Fisker EMotion narxi 40 ming dollar boʻladi, unda gʻaroyib xususiyatlarga ega boʻlgan grafenli akkumulyatorlar ishlatiladi deb vaʼda bergan edi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda dunyoda eng koʻp elektromobillar ishlab chiqaruvchi korxona Tesla boʻlib u ham AQShda joylashgan. Tesla Model S narxi 95-100 ming dollar boʻlib, bir quvvatlanishda u 450 — 600 km masofa bosib oʻtishi mumkin. Masofa uzoqligi yurish tezligi va atrof havo haroratiga ham bogʻliq.

Yana video

Asosiy mavzular